Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 20761 marta o'qildi

Markaziy tuman (shahar) ko‘p tarmoqli poliklinikasi tor yo‘nalishdagi ambulatoriya yordamini yoki qo‘shimcha xizmatlar olish mumkin bo‘lgan hududiy oilaviy poliklinikalar va qishloq vrachlik punktlari faoliyatini muvofiqlashtiradi.

Ko‘p tarmoqli poliklinikaning tibbiyot xodimlari davolashni quyidagi tartibda olib boradilar:
  • mijozga statsionar sharoitida tegishli tibbiy yordam ko‘rsatilishiga ehtiyoj bo‘lmagan hollarda — mijoz yashash joyi bo‘yicha keyinchalik ambulatoriya sharoitida davolanishi uchun tegishli tavsiyalar bilan umumiy amaliyot vrachiga qayta yo‘naltiriladi;

  • mijozga statsionar sharoitida tegishli tibbiy yordam ko‘rsatilishiga ehtiyoj bo‘lgan hollarda — mijozning tibbiy hujjatlari ko‘rib chiqish va xulosa berish uchun tibbiyot birlashmasining markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasi qoshidagi tibbiy-tanlov komissiyasiga topshiriladi.

Ko‘p tarmoqli poliklinikalarning asosiy vazifalari:
  • aholiga eng ko‘p uchraydigan kasalliklarni profilaktika qilish va davolash bo‘yicha alohida bemorlar hamda butun oila darajasida tibbiy xizmatlar ko‘rsatish;

  • milliy kalendarga binoan profilaktika emlashlarini o‘tkazish yo‘li bilan boshqariladigan infektsiyalar va ularning asoratlarini profilaktika  qilish;

  • yuqumli bo‘lmagan kasalliklarga chalinish xavfi omillarini barvaqt aniqlash mexanizmlarini joriy etish yo‘li bilan aholi o‘rtasida kasallikka chalinish, nogironlikni va barvaqt o‘limni profilaktika qilish va boshqalar.

Chat