Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 14031 marta o'qildi

Omonat daftarchasi bankning omonat bo‘yicha bajarilgan operatsiyalarini tasdiqlovchi yozma hujjati bo‘lib, omonat bo‘yicha olingan majburiyatlarni kafolatlaydi.

  • Omonat daftarchasi omonatchiga bank omonati shartnomasi rasmiylashtirilgan va bankka pul mablag‘lari kiritilgandan so‘ng beriladi.
  • Omonat qaytarilganda yoki omonat hisobida qoldiq qolmaganda, omonat daftarchasi bankka qaytariladi. Omonatchilarga omonat daftarchalarini jamg‘arma kassalarida saqlash uchun qoldirish taqiqlanadi. Bajarilgan operatsiyalar bo‘yicha jamg‘arma daftarchasiga kiritilgan yozuvlar nazoratchi va kassir imzolari bilan tasdiqlanishi lozim.

Jamg‘arma daftarchasiga omonatchi tomonidan har qanday yozuvlar kiritilishi taqiqlanadi.

  • Agar jamg‘arma daftarchasi varaqlari to‘lgan bo‘lsa yoxud yaroqsiz holga kelgan yoki yo‘qotilgan bo‘lsa, omonatchiga yangi jamg‘arma daftarchasi rasmiylashtiriladi. Buning uchun bank bo‘linmasiga pasport hamda yangi jamg‘arma daftarchasi berish to‘g‘risidagi arizani unga oldingi daftarchani ilova qilgan holda murojaat qilish zarur. Arizada yangi jamg‘arma daftarcha talab qilish sababi ko‘rsatiladi.

Jamg‘arma daftarchasi berilganligi uchun haq olinmaydi.

Chat