Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 315 marta o'qildi

Tashuvchi yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishda ular oldida majburiyatga ega hamda qonun oldida javobgardir.

Tashuvchining huquqlari
  • Agar yo‘lovchiga biror davlatga kirish muayyan sabablarga man etilgan bo‘lsa, tashuvchi yo‘lovchini orqaga qaytarib tashish bilan bog‘liq har qanday xarajatlarni undan undirish huquqiga ega.
  •  Yo‘lovchining kirish man etilgan manzilgacha to‘lagan tashish uchun to‘lovlari qaytarib berilmaydi.
  • Tashuvchi belgilanmagan joyga kelgan bagajni uning egasi turadigan joyga yuborishi mumkin. Bunda tashuvchi belgilanmagan joyga yanglish yuborilgan bagaj bilan bog‘liq jarimalar va boshqa to‘lovlarni to‘lash uchun javobgarlikni olmaydi.
  • Tashuvchi egasi topilmagan, talab qilinmagan yoki yanglish yuborilgan bagajni uning egasi nomidan tegishli manzil punktida texnik tekshiruv vositalari orqali olib boriladigan bojxona ko‘rigidan o‘tkazish uchun taqdim etishi va bunday bagajni u jo‘natilgan manzilga etkazib berishi mumkin.
  • Zarurat bo‘lsa, tashuvchiga egasi topilmagan, talab qilinmagan yoki yanglishib yuborilgan bagajning egasini aniqlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi, shuningdek aeroportning tashishlarni tashkil etish xizmati vakillari ishtirokida bagajni ochishga ruxsat beriladi.

Tashuvchining majburiyatlari
  • tashuvchi parvozlarning yo‘nalishlari va jadvallarini, yo‘lovchilarni hamda yuklarni tashish tariflarini, aeroportlarda va havo kemasining ichida xizmat ko‘rsatish shartlarini e’lon qilishi hamda aholining (mijozlarning) e’tiboriga etkazish;
  • tranzit orqali uchib ketayotgan yo‘lovchilarga aeroportda vaqtincha qolishlari mumkin bo‘ladigan sharoitlarni yaratishi;
  • sutkaning tungi vaqtida, zarurat bo‘lganda, oraliq aeroportida havo transportida tashish shartnomasida belgilangan vaqtdan ko‘proq ushlanib qolgan xalqaro tranzit yo‘lovchilariga tunash uchun vaqtinchalik joylashishlari maqsadida aeroportni tark etishga ruxsat berish choralarini ko‘rishi kerak;
  • O‘zbekiston Respublikasi aeroportiga olib kelingan yo‘lovchiga kirish huquqi man etilgan hollarda, O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqib ketish.

Tashuvchining javobgarligi

Aybdorlik isbotlangan taqdirda tashuvchi mulkiy, moddiy va boshqa javobgarlik uchun:

  • yo‘lovchining o‘limi yoki sog‘ligining yomonlashuviga olib kelgan zarar uchun, agar bu zararning oldini olish uchun tashuvchi barcha zarur choralarni ko‘rganligini yoki bunday choralarni ko‘rishning iloji bo‘lmaganligini isbotlab bera olmasa;
  • ro‘yxatdan o‘tkazilgan bagaj tashishga qabul qilib olingan paytdan e’tiboran to u qabul qiluvchiga berilguniga yoki boshqa vakolatli shaxsga topshirilguniga qadar uning yo‘qolganligi, kamomadi yoki unga etkazilgan zarar;
  • tashuvchi tashish shartnomasini bajarishda yo‘l qo‘ygan nuqsonlar yoki o‘zining xodimlari tomonidan ularning xizmat vazifalarini bajarish paytida atayin qilingan xatti-harakatlar;
  • yo‘lovchining kuzatuvidv bo‘lgan buyumlarga etkazilgan zarar;
  • qiymati e’lon qilingan holda tashish uchun qabul qilingan bagajning, shuningdek yo‘lovchi yonidagi buyumlarning yo‘qolganligikamomadi yoxud ularga etkazilgan zarar;
  • qiymati e’lon qilinmagan holda tashish uchun qabul qilingan bagajning, shuningdek yo‘lovchi yonidagi buyumlarning yo‘qolganligikamomadi yoxud ularga etkazilgan, bagaj yoki yo‘lovchi yonidagi buyumlarning yo‘qolgani, kamomadi va ularga etkazilgan zarar – O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari hamda fuqarolik qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va miqdorlarda.

Agar tashish bir necha tashuvchilar tomonidan amalga oshirilsa, bagajga keltirilgan ziyon sababi qaysi tashuvchining uchastkasida sodir bo‘lganligi aniqlanmaganda, javobgarlik har bir tashishda qatnashuvchi tashuvchining tashish uchastkasining uzunligiga qarab belgilanadi.

Chat