Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 26 marta o'qildi

Avtomobilь yo‘llaridan foydalanuvchilarning huquqlari:
  • umumiy foydalanishdagi avtomobilь yo‘llaridan, shaharlar va boshqa aholi punktlarining ko‘chalaridan, shuningdek boshqa shaxslar foydalanishi uchun ochiq bo‘lgan xo‘jalik avtomobilь yo‘llaridan o‘tish;
  • muttasil, yil davomida, xavfsiz va qulay sharoitlarda harakatlanish;
  • harakatlanishning yo‘l sharoitlari to‘g‘risida tezkor axborot olish;
  • avtomobilь yo‘lidagi nosozliklar tufayli etkazilgan zararni belgilangan tartibda undirib olish.

Avtomobilь yo‘llaridan foydalanuvchilarning majburiyatlari:
  • harakat xavfsizligini va avtomobilь yo‘llarini saqlashni ta’minlay oladigan holatdagi transport vositalaridan foydalanishlari;
  • ajratilgan mintaqani ifloslantirmasliklari;
  • avtomobilь yo‘llarining shikastlanish hollariga yo‘l qo‘ymasliklari shart.

Yo‘llarga shikast etkazish va ularni saqlash qoidalarini buzish uchun javobgarlik
  • Yo‘llarga, temir yo‘ldan o‘tish joylariga, yo‘l harakatini tartibga solib turuvchi boshqa inshootlar yoki texnik vositalarga shikast etkazish, shuningdek yo‘l harakatiga qasddan xalal berish, shu jumladan yo‘l qoplamasini ifloslantirish yo‘li bilan xalal berish jarimaga tortiladi.
  • Yo‘l belgilarini o‘rnatish, yo‘llarni, temir yo‘ldan o‘tish joylari va boshqa yo‘l inshootlarini harakat uchun xavfsiz holda saqlash qoidalarini buzish yoki yo‘lning ayrim qismlaridan foydalanish harakat xavfsizligiga tahdid etadigan paytda ularda harakatni o‘z vaqtida taqiqlash yoki cheklash choralarini ko‘rmaslik jarimaga tortiladi.

Temir yo‘llar va avtomobilь yo‘llari uchun ajratilgan mintaqalarni muhofaza qilish qoidalarini buzish

Temir yo‘llar va avtomobilь yo‘llari uchun ajratilgan mintaqalarda temir yo‘l organlari va yo‘l organlari bilan kelishmay turib erni haydash, o‘t o‘rish, daraxt kesish va ularga shikast etkazish, chimlarni olib tashlash va tuproq olish, kanalizatsiya, sanoat, melioratsiya suvlarini va oqova suvlarni suv qochirish inshootlariga va rezervlariga oqizish, shuningdek ajratilgan mintaqalarda va yog‘och ko‘priklardan 100 metrgacha bo‘lgan masofada olov yoqish, yog‘och ko‘priklar va taxta to‘shamali ko‘priklarda chekish jarimaga tortiladi.

Avtomobilь yo‘llarini va yo‘l inshootlarini muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik

Avtomobilь yo‘llariga ajratilgan mintaqaga tutash joylardagi er egalari yoki erdan foydalanuvchilarning umum foydalanishdagi yo‘llardagi aholi punktlari doirasida, o‘zlariga biriktirib qo‘yilgan er maydoni chegarasida piyodalar yuradigan yo‘lkalar va ular o‘tadigan ko‘prikchalar qurish, ularni ta’mirlash va muntazam orastalab turish majburiyatlarini, shuningdek o‘zlariga biriktirilgan er maydonidan chiqish yo‘llarini yoki umum foydalanishdagi avtomobilь yo‘llariga kelib tutashadigan yo‘llarni, shu jumladan kesib o‘tiladigan ko‘priklarni texnik jihatdan soz holda va ozoda saqlash majburiyatlarini bajarmaslik jarimaga tortiladi.

 

Chat