Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 2089 marta o'qildi

Bugungi kunda O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash uskunalarini ishlab chiqaruvchi bir qator korxonalar faoliyat yuritmoqda. Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida o‘tkaziladigan ko‘rgazmalarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qaytash ishlash uskunalarini ishlab chiqaruvchi mahalliy va xorijiy firma va kompaniyalar o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etadilar. Ko‘rgazmalar davomida ular bilan ham zaruriy uskunalarni xarid qilish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish va shartnomalar tuzish mumkin. Shu bilan birgalikda, qayta ishlash uskunalarini ishlab chiqaruvchi ko‘pgina xorijiy kompaniyalar O‘zbekistonda doimiy faoliyat yurituvchi o‘z vakolatxona va savdo uylarini ochganlar. Tadbirkor va fermerlar ushbu vakolatxonalarga ham tashrif buyurib, o‘zi uchun zarur bo‘lgan uskunalarni xarid qilish bo‘yicha buyurtmalar berishi mumkin bo‘ladi.
Qayta ishlash uskunalar fermerning o‘z mablag‘i hisobiga hamda kredit yoki lizing orqali xarid qilinishi ham mumkin.

Chat