Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 10188 marta o'qildi

Yarashuv instituti - jabrlanuvchining yarashuv to‘g‘risidagi arizasiga ko‘ra, jinoiy javobgarlikdan ozod qilish turi sifatida shaxsning aybdorligi masalasini hal etmay turib jinoyat ishlarini tugatishdir.

Jinoyat ishlarida yarashuv institutini qo‘llash afzalliklari
  • jabrlanuvchilarning buzilgan huquqlarini to‘la va samarali tiklash;
  • ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlarni sodir etgan shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortmagan holda qayta tarbiyalash;
  • ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlarni samarali va tezkor hal etish;
  • jinoyat sodir etgan shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod etilgani bois sudlanmagan hisoblanishi.

Barcha jinoyat turlariga nisbatan yarashuv qo‘llanilmaydi. Faqat qonunchilikda belgilangan hollarda qo‘llanilishi mumkin.

Og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar yarashilganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilinmaydi.

Chat