Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 11757 marta o'qildi

Yarashuv institutini qo‘llashda sud
  • yarashuvning ixtiyoriyligi va uning sabablarini;
  • gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi o‘z aybiga ixtiyoriy iqror bo‘lganligini;
  • gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi o‘zi sodir etgan qilmishning oqibatlarini anglaganligini va etkazilgan zararni bartaraf etish choralarini ko‘rgan-ko‘rmaganligini;
  • jabrlanuvchiga (fuqaroviy da’vogarga) yoki gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchiga biron-bir tazyiq bo‘lgan-bo‘lmaganligini;
  • etkazilgan zararning o‘rnini qoplash bilan bog‘liq masalalarni;
  • gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, ularning qonuniy vakillari yarashuvga roziliklarini aniqlaydi.

Jabrlanuvchi Jinoyat kodeksining 661-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi bilan yarashgan taqdirda jinoyat ishi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 62-bobida belgilangan tartibda sud tomonidan ayblilik haqidagi masala hal qilinmasdan tugatiladi.

Sud muhokamasining natijalari bo‘yicha sud qonunda belgilangan tartibda ajrim chiqaradi.

Chat