Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 8423 marta o'qildi

Tovar sotilayotganda iste’molchilarga u haqda ma’lumot berilishi shart.

Tovar haqidagi ma’lumotda quyidagilar ko‘rsatiladi
  • tovarning asosiy xususiyatlari ro‘yxati;
  • narxi va sotib olish shartlari;
  • ishlab chiqarilgan sanasi;
  • ishlab chiqaruvchining kafillik majburiyati;
  • tovardan xavfsiz foydalanish qoidalari;
  • tovarning xizmat (yaroqlilik) muddati;
  • ishlab chiqaruvchining guvohnomasi yoki litsenziyasi raqami;
  • tovarni ta’mirlash (xizmat ko‘rsatish) korxonalarining manzillari;
  • tovarlarni xavfsiz saqlash qoidalari.

Teatr-kontsert tadbirlari o‘tkazilayotganda, fonogrammadan foydalanish to‘g‘risida axborot berilishi lozim.      

Tovar ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) haqidagi ma’lumotlar quyidagicha etkaziladi
  • ishlab chiqaruvchi – korxona nomi, manzili haqida tovar etiketi yoki tovar belgisida ko‘rsatadi;
  • sotuvchi (ijrochi) – firma nomi, manzili va ish tartibi haqida peshlavhada (vыveska) aks ettiradi.

Iste’molchilarga tovarlar to‘g‘risida noto‘g‘ri axborot taqdim etish jarimaga sabab bo‘ladi.

Chat