Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 230206 marta o'qildi

Haydovchilik guvohnomasi beriladigan avtomototransport vositalarini toifalari:

A-toifasi

mototsikllar va ularga tenglashtirilgan mototransport vositalari

B-toifasi
  • to‘la vazni 3 500 kg dan oshmagan yoki o‘rindiqlar soni 8 tagacha bo‘lgan avtotransport vositalari;
  • tirkamasining to‘la vazni 750 kg dan ortiq bo‘lmagan «V» toifadagi, tirkamasining to‘la vazni 750 kg dan ortiq, lekin avtotransport vositasining o‘zi 3 500 kg dan ortiq bo‘lmagan avtotransport vositalari;

C-toifasi

to‘la vazni 3 500 kg dan ortiq bo‘lgan avtotransport vositalari, tirkamasining to‘la vazni 750 kg gacha bo‘lgan avtotransport vositalari;

D-toifasi

yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan, haydovchi o‘rindig‘idan tashqari o‘rindiqlar soni 8 tadan ortiq bo‘lgan avtotransport vositalari, tirkamasining to‘la vazni 750 kg dan ortiq bo‘lmagan avtotransport vositalari;

BE-toifasi
  • tirkamasining to‘la vazni 750 kg dan ortiq, yoki tirkamasining ruxsat etilgan to‘la vazni aslahalangan avtotransport vositasining vaznidan ortiq bo‘lgan «V» toifadagi avtotransport vositalari;
  • tirkamasining ruxsat etilgan to‘la vazni 750 kg dan ortiq, lekin transport vositalari tarkibining ruxsat etilgan to‘la vazni 3 500 kg dan ortiq bo‘lmagan avtotransport vositalari;

CE-toifasi

tirkamasining to‘la vazni 750 kg dan ortiq bo‘lgan «S» toifadagi avtotransport vositalari;

DE-toifasi

tirkamasining to‘la vazni 750 kg dan ortiq bo‘lgan «D» toifadagi avtotransport vositalari hamda bo‘g‘imli avtobuslar.

Chat