Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 36932 marta o'qildi

O‘zbekistonda avtotransport vositasini muomala layoqatiga ega, 18 yoshga to‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi hududida yashovchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar sotib olishi mumkin.

  • Yangi avtotransport vositasi maxsus savdo tashkilotilari – diler orqali sotib olinadi.

Masalan
  • «UzAutoMotors» Aktsiyadorlik jamiyati dilerlari;
  • «JV MAN Auto-Uzbekistan» dilerlari;
  • O‘zbekiston Respublikasidagi «LADA» dilerlari.

Yangi avtotransport vositasini dilerlardan sotib olishda shartnomani notarius orqali tasdiqlash talab etilmaydi. Avtotransport vositasini Yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmatida ro‘yxatdan o‘tkazish va davlat raqami belgisini olish uchun berilgan hisob-ma’lumot asos bo‘ladi.

  • Dilerlar orqali avtotransport vositasini sotib olishda oluvchining pasporti va STIRi taqdim etiladi.
  • Foydalanishda bo‘lgan avtotransport vositasini maxsus ixtisoslashtirilgan bozorlar yoki Internet saytlar va mobil ilovalar («OLX.UZ», «AVTOBOR», «AVTOELON» va h.) orqali sotib olish mumkin.

Bunda avtotransport vositasi bilan bog‘liq bitimlar (oldi-sotdi, hadya, ayrboshlash shartnomalari va h.k.) notarial tartibda tasdiqlanishi lozim.

Avtotransport vositalarini xorijda ham sotib olish mumkin. Xorijda sotib olingan avtotransport vositalarini O‘zbekiston Respublikasiga olib kirishda tegishli bojxona hujjatlari rasmiylashtirilishi lozim.


Avtotransportni ikkilamchi bozordan sotib olish

  • Avtotransport vositasi oldi-sotdi shartnomasini notarial tartibda tasdiqlash lozim.
  • Avtotransport vositasi oldi-sotdi shartnomasini oluvchining doimiy yoki vaqtinchalik yashash joyidan qat’iy nazar istalgan davlat notarial idorasida tasdiqlash mumkin.

Talab etiladigan hujjatlar
  • sotuvchi va oluvchining pasportlari;
  • avtotransport vositasining texpasporti;
  • turmush o‘rtog‘ining roziligi (agar nikoh davomida sotib olingan bo‘lsa);
  • garovga qo‘yuvchi shaxsning roziligi (agar garovga olingan bo‘lsa);
  • vasiylik va homiylik organining roziligi (agar vasiylik va homiylikka olingan bo‘lsa);
  • kredit shartnomasi nusxasi (agar kredit shartnomasi asosida olingan bo‘lsa).

Amalga oshiriladigan to‘lovlar havolaga o‘ting.

Gerb yig‘imi: BHMning 10 foizi.

Pullik xizmatlar
  • tushuntirish berish;
  • shartnoma loyihasini tayyorlash;
  • taqiqni tekshirish.

Kerakli notarial idorasini bu erdan topishingiz mumkin.

Notarius qabuliga yozilish uchun ushbu havolaga o‘ting.

Chat