Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 11063 marta o'qildi

«Muruvvat» bolalar internat uylari O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan, ruhiyatida sezilarli yoki ancha sezilarli nuqsonlar bor bo‘lgan, 4 yoshdan 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalar uchun tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatadigan davlat tibbiy-ijtimoiy muassasalari hisoblanadi.

Quyidagi hollarda bolalar qabul qilinadi:

«Muruvvat» bolalar internat uylari O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan, ruhiyatida sezilarli yoki ancha sezilarli nuqsonlar bor bo‘lgan, 4 yoshdan 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalar quyidagi tashxislar bilan qabul qilinadi:

  • mo‘’tadil darajadagi aqliy zaiflik;
  • og‘ir darajadagi aqliy zaiflik;
  • chuqur darajadagi aqliy zaiflik;
  • bolalarni ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarga qabul qilishga to‘sqinlik qiluvchi gemiparez, paraparez va tetraparez asoratlari bo‘lgan mo‘’tadil darajadagi aqliy zaif bolalar tserebral falajligi;
  • intellektning qo‘pol buzilishiga olib kelgan bolalar shizofreniyasi;
  • dementsiya.

Qabul qilish bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi.

«Muruvvat» bolalar internat uylariga yuborishga qarshi ko‘rsatkichlar
  • tez-tez, har oyda 5-martadan ko‘p tutqanoq xurujlari sodir bo‘ladigan epilepsiya, seriyali tutqanoq xurujlariga, epileptik statusga, nomozshomsimon ong xiralashish holatlariga, disforiyalarga moyillik;
  • bemorning o‘zi va atrofdagilar uchun xavfli bo‘lgan qo‘pol va hulqiy buzilishlar sabab bo‘ladigan ruhiy kasalliklar;
  • ular bilan kasallanganda bolani umumta’lim yoki ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida o‘qitish mumkin bo‘lgan har qanday ruhiy kasalliklar;
  • jarayonning faol bosqichidagi sil kasalligi;
  • yuqumli teri va soch kasalliklari;
  • o‘tkir yuqumli kasalliklar;
  • salbiy jarayondagi, yomon holatda o‘tadigan shish kasalliklari va retsidivlari;
  • tanosil kasalliklari.

«Muruvvat» bolalar internat uylariga qabul qilish chog‘ida yuqori harorat yoki noaniq etiologiyali toshma aniqlangan shaxslar hududiy davolash profilaktika muassasalariga yuboriladi.

  • «Muruvvat» bolalar internat uylariga yuborish, shuningdek, biridan ikkinchisiga o‘tkazish Agentlikning Vasiylikka olinuvchilarni tibbiy-ijtimoiy muassasalarga yuborish, shuningdek biridan ikkinchisiga o‘tkazish (ko‘chirish) bo‘yicha doimiy faoliyat yurituvchi maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq hududiy boshqarma boshlig‘ining buyrug‘i asosida amalga oshiriladi.
  • Nogironligi bo‘lgan bolalarni nogironligi bo‘lgan bolalar uchun kunduzgi parvarishlash guruhiga qabul qilishda ota-onalar (vasiylar yoki homiylar, farzandlikka oluvchilar) va «Muruvvat» bolalar internat uyi direktori o‘rtasida beg‘araz shartnoma tuziladi, unda tomonlarning huquq va majburiyatlari ko‘rsatiladi.
  • «Muruvvat» internat uylari faoliyati Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boshqarmalari tomonidan muvofiqlashtiriladi.

Sog‘liqni saqlash vazirligiga murojaat qilish uchun quyidagi havolaga o‘ting yoki "1003" ishonch telefonlariga qo‘ng‘iroq qiling.

Chat