Kompensatsiya — nogironligi bo‘lgan shaxsga (yoki uning qonuniy vakiliga) pul shaklida to‘lanadigan, nogironligi bo‘lgan shaxs tomonidan o‘z mablag‘lari hisobiga sotib olingan nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturida nazarda tutilgan reabilitatsiya texnik vositasi yoki ko‘rsatilgan xizmatlar qiymatini qoplash.
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturi — organizmning izdan chiqqan yoki yo‘qolgan funktsiyalarini, shuningdek nogironning mehnat faoliyati muayyan turlarini bajarishga bo‘lgan qobiliyatlarini tiklashga, ularni kompensatsiya qilishga qaratilgan tibbiy, kasbiy va boshqa reabilitatsiya chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladigan nogiron uchun maqbul bo‘lgan reabilitatsiya chora-tadbirlari kompleksi.
Kompensatsiya to‘lash uchun pul mablag‘lari Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Maxsus komissiyaning qarori asosida tuman (shahar) tibbiyot birlashmasining shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Kompensatsiya belgilangan tartibda nogironligi bo‘lgan shaxs yashaydigan joydagi Xalq banki bo‘limi orqali amalga oshiriladi.
Nogironligi bo‘lgan shaxs yoki uning qonuniy vakili kompensatsiya to‘lashni rad etish to‘g‘risidagi qaror ustidan sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahri Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi haqida ma’lumotlar bilan tanishish uchun quyidagi havolaga o‘ting yoki "1003" ishonch telefonlariga qo‘ng‘iroq qiling.
Xalq bankiga murojaat qilish uchun quyidagi havolaga o‘ting yoki "1106" ishonch telefonlariga qo‘ng‘iroq qiling.
Sudga murojaat qilish tartibi haqida tanishish uchun quyidagi havolaga o‘ting.