Sayt test rejimida ishlamoqda

Huquqiy axborot - hammaga, har doim, hamma joyda!

  • 794 marta o'qildi

Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish faqat dorixonalar hamda ularning filiallari tomonidan amalga oshiriladi.

Dori vositalarini chakana realizatsiya qilish retseptlar bo‘yicha yoki retseptsiz amalga oshiriladi.

Retsept davolovchi shifokor tomonidan beriladi. Dori vositasi retseptda nazarda tutilgan miqdorda olib bo‘linganda unga «Retsept haqiqiy emas» degan shtamp bosiladi va dorixonada qoldiriladi.

Dorixonalardan realizatsiya qilingan dori vositalari va tibbiy buyumlar qaytarib olinmaydi va shunga o‘xshash dori vositalari va tibbiy buyumlarga almashtirilmaydi.

Retseptsiz beriladigan dori vositalar, retsept blanki va tibbiy buyumlar ro‘yxati Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

Chat