Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 59 marta o'qildi

Jamoat ishlari — ishsiz va band bo‘lmagan aholi uchun umumjalb etish mumkin bo‘lgan, alohida tayyorgarlik va malaka talab qilmaydigan, haq to‘lanadigan vaqtinchalik mehnat faoliyati turlari.

  • Ishsizlar tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish markazlari tomonidan haq to‘lanadigan jamoat ishlariga mehnat shartnomasi asosida jalb etiladi.
  • Jamoat ishlariga jalb qilinganlarga ish bajarilayotgan tashkilotdagi stavkalar bo‘yicha, ammo mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 2,5 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda haq to‘lanadi.

Jamoat ishlari turlari
  • shahar, tuman, aholi punktlari, mahallalar va boshqa hududlarni obodonlashtirish (ko‘kalamzorlashtirish, tozalash, oqlash, madaniy ob’ektlar, ziyoratgohlar, qabristonlar va ariqlarni tozalash kabilar);
  • uy-joy kommunal va boshqa infratuzilma ob’ektlarini ta’mirlash;
  • ko‘chalar, yo‘llar va piyodalar yurish yo‘laklarini ta’mirlash;
  • mavsumiy qishloq xo‘jalik ishlari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tayyorlash, saqlash va qayta ishlash, irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlarini ta’mirlash;
  • nogironligi bo‘lgan shaxslar, keksalar, bemorlar va boshqalarni parvarishlash;
  • sanoat tarmoqlari va xizmatlar ko‘rsatish sohasi tashkilotlaridagi ishlar;
  • ob’ektlarni qurish, rekonstruktsiya qilish va ta’mirlash ishlari.

Chat