Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 13152 marta o'qildi

Telekommunikatsiya xizmatlari opyerator (provaydyer, eshittiruvchi) va abonent o‘rtasida qonun hujjatlariga muvofiq yozma yoki elektron shaklda tuziladigan shartnomaga asosan taqdim etiladi.

Telekommunikatsiya xizmatlariga ulanish uchun ariza:

  • muomala layoqatiga ega bo‘lgan jismoniy shaxs tomonidan;
  • qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan yuridik shaxs, shuningdek, uning filiali yoki vakolatxonasi tomonidan berilishi mumkin.

Shartnomani tuzish quyidagi hollarda rad etilishi mumkin:
  • murojaatchi voyaga yetmagan jismoniy shaxs bo‘lganda, bundan14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlarning o‘z ota-onalari, farzandlikka oluvchilari yoki homiylarining yozma roziligi bo‘lgan hollar mustasno;
  • telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish ko‘zlanayotgan manzil opyerator (provaydyer, eshittiruvchi) xizmat ko‘rsatish zonasiga kirmaganda;
  • murojaatchi tomonidan ma’lumotlar to‘liq taqdim etilmaganda;
  • taqdim qilingan ma’lumotlarning soxtaligi yoki noto‘g‘riligi aniqlanganda.

"O‘zbektelekom" AKning faoliyati bilan tanishish uchun havolaga o‘ting.

Chat