Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 1167 marta o'qildi

Logopediya shoxobchasi maktab boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlarini o‘zlashtirishlariga to‘sqinlik qiluvchi nutq nuqsonlarining oldini olish va ularni bartaraf etish, jismoniy va psixik rivojlanishidagi kamchiliklarni korrektsiyalash, o‘quvchilarning og‘zaki nutqidagi nuqsonlarini bartaraf etish uchun tashkil etiladi.

Logopediya shoxobchasini tashkil etish

Logopediya shoxobchasi maktablarda har yili shakllantiriladigan logoped yordamiga muhtoj bolalar ro‘yxatiga asosan xalq ta’limi tuman (shahar) bo‘limi mudirining buyrug‘i bilan tashkil etiladi.

Bunda har bir logopediya shoxobchasiga bir yoki bir nechta yaqin masofada joylashgan umumta’lim muassasalari biriktiriladi.

Bir nechta umumta’lim muassasalari biriktirilgan logopediya shoxobchasi uning uchun joy ajratish imkoniyatiga ega bo‘lgan hamda boshqa umumta’lim muassasalariga qatnash uchun qulay joylashgan umumta’lim muassasasida tashkil etiladi.

Logopediya shoxobchasida o‘qituvchi-logoped lavozimida oliy ma’lumotli o‘qituvchi-logopedlar va defektologlar faoliyat yuritishi mumkin.

Logopediya shoxobchasiga o‘quvchi qabul qilish

Logopediya shoxobchasiga qabul qilinadigan o‘quvchilarni aniqlash va saralab olish uchun har yili sentyabrь oyining 3-sanasiga qadar umumta’lim muassasasi direktorining buyrug‘iga muvofiq ishchi guruh tuziladi.

Nutqiy rivojlanishida kamchiligi bo‘lgan o‘quvchilarning jismoniy va psixik holatlariga aniqlik kiritish maqsadida ular tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi mutaxassislari (nevropatolog, psixonevrolog, otolaringolog va boshqalar) tekshiruviga yuboriladi. Ushbu mutaxassislarning xulosalari logopediya shoxobchasida (o‘quvchining shaxsiy yig‘majildida) saqlanadi.

Ishchi guruh tomonidan nuqsonlari aniqlangan o‘quvchilar ro‘yxati umumta’lim muassasasi direktori tomonidan tasdiqlanadi va sentyabrь oyining 15-sanasigacha xalq ta’limi bo‘limiga taqdim qilinadi. Mazkur ro‘yxatga kiritilganlik o‘quvchini logopediya shoxobchasiga qabul qilish uchun asos bo‘ladi.

Chat