Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 13641 marta o'qildi

Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekistonda doimiy yoki vaqtincha bo‘lishlari mumkin.

Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida vaqtincha bo‘lishlari qoidalari bilan havola orqali tanishing.

Yashash uchun guvohnomaga ega bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, shuningdek, boshqa davlatlardan kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni doimiy va vaqtincha ro‘yxatga olish ichki ishlar organi (IIO) tomonidan amalga oshiriladi hamda shaxsning ma’lum bir joyda doimiy yoki vaqtincha yashash fakti belgilanadi.

Viloyatda doimiy propiskadan o‘tish to‘g‘risida iltimosnoma bilan murojaat qilish huquqiga, viloyatga boshqa davlatlardan kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ega.

Yashash uchun ruxsatnoma olish tartibi bilan havola orqali tanishing.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi saytiga havola orqali o‘ting.

Chat