Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 6149 marta o'qildi

Tashuvchi tomonidan bagajni qabul qilish tartibi:
  • bagaj ro‘yxatdan o‘tkazilganidan so‘ng, tashishga qabul qilinadi;
  • tashiladigan buyumlar maxsus o‘ramga o‘ralib, tashish uchun qulay bo‘lgan ushlagichga ega bo‘lishi kerak;
  • boshqa yo‘lovchilar bagajiga yoki tashuvchining uskunasiga ziyon keltirishi mumkin bo‘lgan bagajni tashishga qabul qilish rad qilinishi mumkin;
  • tashuvchi me’yordan ortiq bagajni qabul qilmaslik huquqiga ega;
  • o‘rami talabga javob bermaydigan, yo‘qolish xavfi bo‘lgan, nosoz holatdagi bagaj tashishga qabul qilinmaydi.

Yo‘lovchining buyumlarini tashish xususiyatlari:
  • yo‘lovchining buyumlari ro‘yxatdan o‘tkazilgan bagaj yoki qo‘l yuki sifatida tashiladi;
  • tashuvchi ro‘yxatdan o‘tkazilgan bagaj uchun yo‘lovchiga bagaj birkasini berishi shart.;
  • salonda yo‘lovchining qo‘l yukidan tashqari uning shaxsiy buyumlari (portfel, ayollar sumkachasi, soyabon, hassa, guldasta, gazeta, bola uchun ozuqa, nogironlar uchun aravacha kabilar) ham tashilishi mumkin;
  • qatnovda uzilish bo‘lganda, tashuvchining talabi bilan yo‘lovchi qo‘l yukini salondan olib chiqadi.

Quyidagilar bagaj va qo‘l yuki sifatida tashishga qabul qilinmaydi:
  • mol-mulkka xavf solishi mumkin bo‘lgan narsalar;
  • bagaj tashish me’yoridan ortiq bo‘lganda;
  • tashish amalga oshirilayotgan davlat hududiga olib qirish yoki hududi orqali tashish man etilgan narsalar.

Tashuvchi quyidagi bagajlarni tashishda alohida qoidalarni o‘rnatishga haqli:
  • hayvonlar;
  • avtoruchkalar, flakonlar, sigaretlar uchun yondirgichlar va gazli boshqa idishlar;
  • suyuqliklar, gellar va aerozollar;
  • sport anjomlarining alohida turlari;
  • nogironlar aravachasi;
  • elektron uskunalar;
  • diplomatik bagaj;
  • yirik o‘lchamli va katta og‘irlikdagi bagaj;
  • qimmat va mo‘rt bagaj.

Tibbiy guvohnomalar, rentgen suratlari, negativlar, pullar, kredit kartochkalari, qimmatli qog‘ozlar, qimmatbaho metallar, toshlar yo‘lovchi kuzatuvida tashiladi.

Milliy an’anaviy kiyimlarga taqilgan, ilgari yodgorliklar sifatida sotuvda bo‘lgan shamshirlar va pichoqlar bagaj sifatida qabul qilinadi yoki ekipajga topshiriladi.

Bagajlarni tashuvchidan qabul qilib olish:
  • yo‘lovchi bagajini havo kemasi manzilga kelgandan keyin oladi;
  • kuzatilmaydigan bagaj yo‘lovchiga yoki vakilga yuk xatini ko‘rsatganidan keyin beriladi;
  • bagajlar manzilga etib kelmaganda, shikastlangan va kamchiligi bor bagajlar bo‘yicha dalolatnoma tuziladi;
  • tashuvchi tashish shartnomasi talablarini buzganda ham dalolatnoma tuziladi;
  • dalolatnomaning bir nusxasi yo‘lovchiga beriladi.

Tashuvchiga nisbatan talab bildirish tartibi:
  • bagajning kelmagani yoki shikastlanganligini tasdiqlash uchun dalolatnoma tuziladi;
  • dalolatnoma tuzilmaganligi yo‘lovchini talab va da’vo qilish huquqidan mahrum qilmaydi;
  • yo‘lovchi shartnoma tuzilganligini tasdiqlovchi hujjatni hamda dalolatnomani taqdim etib, tashuvchiga nisbatan da’vo qo‘zg‘atish huquqiga ega;
  • yo‘lovchining vafoti yoki sog‘lig‘i yomonligi sababli va da’vo uning merosxo‘ri yoki vakili tomonidan beriladi;
  • tashish bitta tashuvchi tomonidan bajarilsa, da’vo yo‘lovchi xohishiga ko‘ra parvoz boshlangan yoki tugagan manzilda bildiriladi;
  • tashishni bir nechta tashuvchi bajarganda, talab yo‘lovchi xohishiga ko‘ra birinchi yoxud oxirgi tashuvchiga bildiriladi.

Tashuvchi quyidagi bagajni jo‘natilgan manzilga etkazib berishi mumkin:
  • egasi topilmagan;
  • talab qilib olinmagan;
  • yanglish yuborilgan.

Tashuvchi bu kabi bagaj egasini aniqlash maqsadida tegishli xizmat vakillari ishtirokida uni ochishi mumkin.

Egasiga topshirilmagan buyumlarni aeroportda saqlash muddatlari:
  • tashuvchi olib kelgan, lekin egasiga topshirilmagan bagaj aeroportda 3 oy saqlanadi va yo‘q qilinadi;
  • xorijiy tashuvchi olib kelgan, lekin egasiga topshirilmagan bagaj aeroportda 7 kun saqlanadi va olib kelgan tashuvchi orqali qaytarib yuboriladi;
  • bagajlar yo‘q qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlar, video va foto materiallar aeroportda saqlanadi.

Chat