
Notarius er-xotinning yozma arizasiga muvofiq ulardan biriga yoki har ikkisiga nikoh davomida orttirilgan umumiy mol-mulkdagi ulushga bo‘lgan mulk huquqi to‘g‘risida guvohnoma beradi.
Er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga bo‘lgan mulk huquqi to‘g‘risida guvohnoma er-xotinning mavjud umumiy mulki hisoblangan mulkigagina beriladi.
Notarial harakatni ishtirokchilari
er-xotinning yozma arizasiga muvofiq ulardan biriga yoki har ikkisiga beriladi.
Taqdim etiladigan hujjatlar
- Nikoh haqidagi guvohnomasi;
Mulkka bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjat;
- Ko‘chmas-mullka bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjat va kadastr yig‘majildi (kadastr pasporti);
- Avtomototranspor uchun - DYHXX berilgan Transport vositalarini qayd qilish guvohnomasi;
- Boshqa turdagi mulkka bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjat.
- Boshqa hujjatlar (zarur bo‘lsa).
Qo‘shimcha xizmatlar uchun to‘lov
- Loyiha uchun to‘lov (BHMning 5%): 11 150.00
- Tushuntirish uchun haq miqdori (BHMning 5%): 11 150.00
- Taqiq mavjud emasligini tekshirish uchun (BHMni 15%): 33 450.00
- Notarial idoralar haqida ma’lumot olish uchun quyidagi havolaga o‘ting.
- Notarius qabuliga yozilish uchun quyidagi havolaga o‘ting.
- Elektron notarius portalidan foydalaning.
- Sudga murojaat qilish tartibi bilan tanishish uchun quyidagi havolaga o‘ting.
Notarius harakatlaridan norozi bo‘lsangiz O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qiling.