Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 17793 marta o'qildi

Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun er uchastkalarini olib qo‘yish to‘g‘risida qaror qabul qilishga faqat er uchastkasi olib qo‘yilishi rejalashtirilayotgan manfaatdor shaxslar bilan ochiq muhokama o‘tkazilganidan, shuningdek, foyda va xarajatlar baholanganidan keyin yo‘l qo‘yiladi.

Er uchastkalarini olib qo‘yishda fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlariga tegishli bo‘lgan turar joy va ishlab chiqarish binolari, boshqa imoratlar va inshootlarning buzilishiga ko‘chmas mulkning bozor qiymati va olib qo‘yish sababli mulkdorga etkazilgan zararning o‘rni to‘liq qoplanganidan keyin ruxsat beriladi.

2019-yil 5-avgustdan boshlab er uchastkalarini olib qo‘yish hamda ko‘chmas mulk ob’ektlarini buzish ishlari tegishli bosqichlarda amalga oshiriladi.

Bosqichlar:
  • birinchi bosqichda — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan buzilishi rejalashtirilgan hudud bo‘yicha materiallar to‘plami Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi;
  • ikkinchi bosqichda — Vazirlar Mahkamasida shaharsozlik talablari bo‘yicha – Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari – transport vaziri va moliyaviy hisob-kitoblar bo‘yicha Bosh vazirning o‘rinbosari – moliya vaziri tomonidan xulosa tayyorlanadi;
  • uchinchi bosqichda — tayyorlangan xulosa O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish uchun kiritiladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, tumanlar (shaharlar) hokimlari er uchastkalarining olib qo‘yilishida qonun hujjatlariga to‘liq rioya etilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.

Shu jumladan:
  • er uchastkasini olib qo‘yish, er uchastkasida joylashgan uylar, ishlab chiqarish imoratlari va boshqa imoratlarni, inshootlarni buzish hamda dov-daraxtlarni ko‘chirish to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilinganligi haqida mulkdorlarning belgilangan tartibda va muddatlarda xabardor qilinishi;
  • etkazilgan zararning o‘rni bozor qiymati bo‘yicha oldindan va to‘liq qoplanmagunga qadar olib qo‘yilayotgan er uchastkasidagi uyni, boshqa imorat va inshootlarni buzib tashlashga yo‘l qo‘yilmasligi;
  • ko‘chirilgan fuqarolarga kompensatsiya tariqasida ajratilgan er uchastkasini o‘zlashtirish davrida belgilangan tartibda 2 yilgacha muddatda uy-joy berilishi va boshqa talablarga qat’iy amal qilinishi uchun shaxsan javobgardirlar.

Chat