Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 35997 marta o'qildi

Prezident maktablarini tashkil etishning maqsadi iqtidorli bolalarni aniqlash, ta’lim jarayonida ilg‘or texnologiyalarni qo‘llagan holda ularni o‘qitish va tarbiyalash bo‘yicha yaxlit tizim yaratish, iste’dodli yoshlarni yanada qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, ma’nan etuk va intellektual jihatdan barkamol avlodni shakllantirishdan iborat.

  • Prezident maktablariga belgilangan yillik qabul kvotasi doirasida (ikkita sinfga bir xil — 12 nafardan o‘quvchi taqsimlangan, 24 nafar o‘quvchidan iborat) o‘quvchilar qabul qilinadi.
  • Prezident maktablarida umumiy o‘rta ta’lim olish bepul amalga oshiriladi.

O‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish
  • Prezident maktablarida ta’lim jarayoni umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari hisobga olingan holda, umumiy o‘rta ta’lim sohasida xizmat ko‘rsatuvchi ixtisoslashtirilgan xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlab chiqiladigan hamda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq amalga oshiriladi.
  • Prezident maktablarining 11-sinf bitiruvchilari tanlangan fanlar asosida xalqaro malaka imtihonlarini (International Baccalaureate, Advanced Placement yoki International Advanced Levels) topshirish huquqiga ega bo‘ladilar va ulardan muvaffaqiyatli o‘tgan taqdirda, etakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalariga kirish imkoniyatini taqdim etuvchi xalqaro diplom oladilar.
  • O‘quvchining bir yoki bir nechta fanlardan reyting natijasi pasaygan taqdirda, u bilan individual ish olib boriladi.

Kirish imtihonlarini o‘tkazish va o‘qishga qabul qilish tartibi
  • Prezident maktablariga respublika umumta’lim muassasalarining to‘rtinchi (birinchi o‘quv yilida — to‘rtinchi — to‘qqiz) sinf bitiruvchilari orasidan qobiliyatli va iqtidorli (baholar tabeli asosida tegishli STEAM fanlari (matematika, biologiya (tabiatshunoslik), informatika va axborot texnologiyalari, fizika, algebra, geometriya, kimyo) bo‘yicha a’lo bahoga tugatgan) bolalar tanlov asosida qabul qiladi.
  • Prezident maktablariga qabul jarayonida o‘quvchilardan a’lo baho talab etiladigan STEAM fanlarining (sinflar kesimida) tegishli ro‘yxati vazirlik tomonidan tasdiqlanadi.
  • Hujjatlarni qabul qilish boshlanishidan kamida 10 kalendarь kun oldin ishchi organ tomonidan ommaviy axborot vositalarida Prezident maktablariga qabul qilish tartibi, hujjatlarni topshirish muddatlari va kvotalari to‘g‘risida ma’lumot e’lon qilinadi.
  • Chet el fuqarolari Prezident maktabiga hujjatlarni topshirish huquqiga ega emas.

O‘quvchining ota-onasi (qonuniy vakillari) Qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

  • maxsus shakldagi ma’lumotnoma (ma’lumotnoma namunasini mana bu erdan olish mumkin;
  • talabgorning tug‘ilganlik haqida guvohnoma nusxasi;
  • o‘quv yili natijasiga ko‘ra, talabgorning baholar tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan nusxasi.

Prezident maktablariga kirish imtihonlari ikki bosqichda o‘tkaziladi:

1-bosqich — matematika fanidan 30 ta topshiriqdan iborat test shaklida o‘tkaziladi. Belgilangan vazifani bajarish uchun 90 daqiqa vaqt ajratiladi;

  • birinchi bosqich natijasiga ko‘ra qabul kvotasida belgilangan har bir o‘ringa 20 kishi hisobidan maksimal talabgorlar 2-bosqichda ishtirok etishga ruxsat etiladi;

2-bosqich — axborotni tahlil qilish va solishtirish qobiliyatini aniqlash bo‘yicha — 16 ta masala;

  • mantiq elementlari bo‘lgan matematika fanidan — 24 ta masala;
  • ingliz tilidan — 55 ta test.

2-bosqich kirish imtihonlari uchun jami 150 daqiqa vaqt ajratiladi.


Prezident maktablariga arizalar qabuli 1-iyundan 20 iyungacha bo‘lib o‘tadi.

  • Maktabga qabul qilish uchun arizalarni elektron yuborish.
Chat