Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 10938 marta o'qildi

Davlat budjetining barqarorligini ta’minlash va budjet xarajatlarini maqbullashtirishning ustuvor yo‘nalishlari:
  • koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan tadbirlarni amalga oshirish;
  • muhim ijtimoiy xarajatlarning to‘liq amalga oshirilishini ta’minlash;
  • jahondagi va respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy faollik ahvoli tahlili va muhimlik darajasidan kelib chiqqan holda dolzarb hisoblanmagan loyiha va xarajatlarni keyingi davrlarga ko‘chirish;
  • davlat dasturlarini bajarishga yo‘naltiriladigan budjet mablag‘larini qisqartirishda loyihalarning ustuvorligi va ijtimoiy yo‘naltirilganligini inobatga olish;
  • davlat ichki va tashqi majburiyatlarining, shu jumladan fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida yetkazib berilgan tovarlar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish hamda davlat-xususiy sheriklik loyihalari bo‘yicha majburiyatlarning to‘liq bajarilishini ta’minlash;
  • budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning xarajatlarni mustaqil kamaytirish bo‘yicha mas’uliyatini oshirish.

Budjet tushumlarini, respublika byudjetidan ajratilayotgan transfyertlarni, aksiz solig‘i bo‘yicha o‘tkazmalarni, budjet ssudalarini hamda boshqa mablag‘larni birinchi navbatda moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan sohalar belgilandi.

Ular quyidagilar:
  • koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha tadbirlarga, jumladan dori vositalari va tibbiyot buyumlari sotib olish, tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va ularni jihozlashga;
  • ish haqi, pensiyalar, stipendiya va nafaqalarni o‘z vaqtida to‘lashga;
  • oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olish, kommunal to‘lovlar va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan xarajatlarni qoplashga;
  • Inqirozga qarshi kurashish respublika komissiyasining qaroriga asosan boshqa tadbirlar va xarajatlarga.

Moliya vazirligi kechiktirib bo‘lmaydigan xarajatlarni o‘z vaqtida va to‘liq moliyalashtirish uchun budjet ssudalarini muntazam ravishda ajratib boradi.

Bundan tashqari:
  • davlat korxonalari hamda ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq davlat ulushi mavjud bo‘lgan yuridik shaxslar xarajatlarini maqbullashtirish yuzasidan ularning biznes-rejalarini tanqidiy qayta ko‘rib chiqish;
  • ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq davlat ulushi mavjud bo‘lgan korxonalar va tashkilotlarda 2019-yil uchun olingan va 2020-yilda olinadigan sof foyda bo‘yicha davlat ulushiga hisoblangan dividendlarni to‘lig‘icha Davlat budjetiga o‘tkazish;
  • Vazirlar Mahkamasiga koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish davrida foydali qazilmalarni qazib olish sohasida faoliyat yurituvchi ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq davlat ulushi mavjud bo‘lgan korxonalar va tashkilotlar uchun tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasidan tushgan tushum yoki foydani taqsimlashning alohida rejimini belgilash huquqi byerildi.

Shuningdek, joriy yil 1-iyuniga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, sud va prokuratura organlari, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, barcha vazirlik va idoralar hamda ularning hududiy organlari, ularning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar va jamg‘armalar uchun yagona mehnatga haq to‘lash tizimini tatbiq etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini tayyorlash vazifasi byerildi.

Chat