Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 12996 marta o'qildi

Plastik karta uzoq muddat davomida ishlatilmaganligi bois bloklangan. Uni qanday qilib aktiv holatga keltirish mumkin?

 Plastik karta quyidagi sabablarga ko‘ra, bloklanishi bo‘lishi mumkin:

  • ishlatish muddati tugagan holatda; 
  • plastik kartasi karta egasi unga xizmat ko‘rsatayotgan bankda o‘z istagiga ko‘ra bloklasa; 
  • uch  marotaba noto‘g‘ri PIN-kod kiritilganda avtomatik ravishda bloklanishi mumkin.

✅ Keltirilgan sabablarning har birida ham Sizga xizmat ko‘rsatayotgan bankka murojaat qilishingiz lozim.

Bank o‘z mijozining pul mablag‘larini tasarruf etish huquqiga egami?

✅ Mijoz o‘zining bank hisobvarag‘ida saqlanayotgan pul mablag‘larini mustaqil tasarruf etadi. Bank mijozning pul mablag‘laridan qay tarzda foydalanishni belgilashga va nazorat qilishga, shuningdek, uning pul mablag‘larini o‘z xohishiga ko‘ra tasarruf etish huquqiga ega emas. Qonunchilikda belgilangan hollar bundan mustasno.

✅ Xususan, davlat soliq xizmati organlari davlat byudjetiga to‘lanadigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish to‘g‘risida, bojxona organlari o‘z muddatida to‘lanmagan bojxona to‘lovlari va jarimalarni undirish to‘g‘risida, davlat ijrochilari va undiruvchilar ijro hujjatlari bo‘yicha pul mablag‘larini undirish to‘g‘risida inkasso topshiriqnomalari qo‘yilganda va qonunchilikda belgilangan boshqa holatlarda mablag‘lar mijoz hisobvarag‘idan echiladi.

Vafot etgan yaqin qarindoshimning tijorat bankidagi omonatlari va pul o‘tkazmalari to‘g‘risida ma’lumotlarni olishim mumkinmi?

 Mijoz to‘g‘risidagi bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar, uning merosxo‘rlari yoki huquqiy vorislariga, agar ularning o‘zi yoki ular vakolat bergan vakillar qonun hujjatlariga muvofiq meros huquqini yoki huquqiy vorislikni tasdiqlovchi zarur hujjatlarni taqdim etsalar, bank tomonidan taqdim etiladi.

✅ Meros huquqini yoki huquqiy vorislikni tasdiqlamaydigan hujjatlar olingan taqdirda, bank murojaat qilgan shaxsni u so‘ragan ma’lumotlarni taqdim etish imkoniyati yo‘qligi xususida 3 ish kuni ichida yozma ravishda xabardor qilishi shart, shuningdek qo‘shimcha hujjatlar taqdim etishni talab qilishga yoki murojaat etgan shaxsning meros huquqini yoxud huquqiy vorisligini tasdiqlab berish to‘g‘risidagi yozma so‘rovni tegishli notariusga yoki yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organga yuborishga haqli.

✅ Meros huquqini yoki huquqiy vorislikni tasdiqlovchi barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan taqdirda, bank murojaat etgan shaxsga 5 ish kuni ichida tegishli mijoz to‘g‘risidagi to‘liq ma’lumotlarni berishi mumkin.

Jismoniy shaxslarga avtokreditlar ajratish tartibi qanday?

 Iste’mol krediti (shu jumladan, avtokredit) jismoniy shaxsga  uning iste’mol ehtiyojlarini qondirish maqsadida tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotib olish uchun beriladigan kreditdir. Iste’mol krediti o‘z faoliyati natijasida olingan daromadlarga, pensiya va boshqa daromadlarga ega bo‘lgan jismoniy shaxslarga beriladi.

✅ Avtokredit O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan engil avtomashina sotib olish uchun ularni ishlab chiqaruvchi yoki realizatsiya qiluvchi tashkilotlarning bankdagi hisobvarag‘iga pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

✅ Jismoniy shaxslarga avtokredit berish tartibi (foiz, muddat, boshlang‘ich badal va boshqalar) har bir bankning kredit siyosatiga asosan belgilanadi.

Lombardga qanday xujjatlar taqdim etilishi kerak?

Lombardga taqdim etiladigan hujjat:

  • shaxsni tasdiqlovchi hujjat (fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID-karta);
  • yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasi;
  • O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning yashash guvohnomalari yoki ID-kartalari;
  • harbiy bilet yoki harbiy qismlar yoxud harbiy muassasalar tomonidan beriladigan shaxsini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilganda, fuqarolar bilan shartnomalar tuzadi.

Lombard, zarur hollarda, garovga yoki saqlashga topshirilayotgan mol-mulkka (ashyoga) egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni yoki boshqa dalillarni talab qilishga haqli.

Chat