Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 481 marta o'qildi

2020-yil 1 sentyabrdan boshlab pensiyalar, bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga, zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqalar miqdori 1,1 barobar oshirildi.

2020-yil 1 sentyabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida:

  • pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori — oyiga 262 470 so‘m;
  • yoshga doir eng kam pensiyalar — oyiga 513 350 so‘m;
  • bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa — oyiga 513 350 so‘m;
  • zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa — oyiga 315 030 so‘m etib belgilandi.

2020-yilning yakuniga qadar:
  • 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan ehtiyojmand nafaqa oluvchi oilalarning amaldagi sonini 2 barobarga oshirib, 700 mingtagacha yetkazish;
  • bola 2 yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa oluvchi ehtiyojmand onalarning amaldagi sonini 330 mingdan 400 mingtaga oshirish;
  • moddiy yordam oluvchi kam ta’minlangan oilalarning amaldagi sonini 89 mingdan 100 mingtaga yetkazish belgilandi.

To‘lash muddati 2020-yilning iyulь-sentyabr oylarida tugaydigan bolalari bo‘lgan oilalarga va bola parvarishi bilan shug‘ullanadigan onalarga nafaqa to‘lash navbatdagi 6 oy muddatga (bola tegishlicha 2 yosh va 14 yoshdan oshmagan holatda) davom ettiriladi.

Chat