Ixtisoslashtirilgan tibbiy markaz va institutlar
O‘zbekistonda respublika darajasida muayyan kasalliklar bo‘yicha diagnostika, davolash, yuqori texnologik tibbiy yordam, ilmiy-tadqiqot va metodik faoliyatni amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari faoliyat yuritadi.
Xirurgiya, yurak-qon tomir va tayanch-harakat tizimi
Asosiy muassasalar:
- Akademik V.Vaxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi;
- Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi;
- Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi;
- Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi;
- Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi;
- Respublika xirurgik angionevrologiya ixtisoslashtirilgan markazi;
- Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Ona va bola salomatligi
Ushbu yo‘nalishda:
- Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi;
- Respublika perinatal markazi;
- Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi;
- Bolalar Milliy tibbiyot markazi;
- Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi;
- Respublika bolalar kam invaziv va endoskopik xirurgiya ilmiy-amaliy markazi;
- Respublika bolalar tayanch-harakat tizimi kasalliklari reabilitatsiya markazi faoliyat yuritadi.
Onkologiya, endokrinologiya va ichki kasalliklar
Respublika darajasida:
- Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi;
- Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi;
- Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi;
- Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi;
- Respublika ilmiy-ixtisoslashtirilgan allergologiya va klinik immunologiya markazi mavjud.
Yuqumli, nafas yo‘llari va boshqa ixtisosliklar
Shuningdek:
- Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi;
- Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti;
- Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulьmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi;
- Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi;
- Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi;
- Respublika ixtisoslashtirilgan otorinolaringologiya va bosh-bo‘yin kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot markazi;
- Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi;
- Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi;
- Respublika xalq tabobati ilmiy-amaliy markazi;
- Respublika OITSga qarshi kurashish markazi faoliyat yuritadi.
Eslatma: tibbiyot muassasalarining manzili, telefon raqami va qabul tartibi o‘zgarishi mumkin. Murojaat qilishdan oldin Sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy ro‘yxatidan joriy aloqa ma’lumotlarini tekshirish maqsadga muvofiq.