Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 21519 marta o'qildi

Ixtirolar
Ixtiro sifatida berilgan ob’ekt (qurilma; moddalar; mikroorganizm shtammi), agar u yangi, ixtirolik darajasiga ega va uni sanoatda qo‘llash mumkin bo‘lsa talabnoma asosida Agentlik tomonidan ro‘yxatga olinadi va huquqiy jihatdan muhofaza qilinadi.

Talabnomaga quyidagilar ilova qilinishi lozim
  1. ixtiro muallif(lar)i va nomiga patent berilishi so‘ralayotgan shaxs, shuningdek ularning yashash yoki turar joyi ko‘rsatilib, patent berilishi so‘ralgan ariza;
  2. ixtironing uni amalga oshirish uchun etarli bo‘lgan darajada to‘liq bayon etilgan tavsifi;
  3. ixtiro mohiyatini aks ettiruvchi va uning tavsifiga to‘la muvofiq bo‘lgan ixtiro formulasi;
  4. ixtiro mohiyatini tushunish uchun zarur bo‘lsa, chizmalar va boshqa materiallar;
  5. referat;
  6. talabnomaga belgilangan miqdorda boj to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat yoki boj to‘lashdan ozod qilish yoxud uning miqdorini kamaytirish uchun asos bo‘luvchi hujjat ilova qilinadi.

Davlat boji:

  • Talabnoma berganlik uchun, patent berishga, rasmiy ekspertiza o‘tkazishga va ma’lumotlarni e’lon qilishga talabnoma berish: bitta ixtiroga - BHMning 1 baravari.

Ixtiro haqidagi talabnoma to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qilish:

  • Qabul qilingan talabnoma topshirilgan sanadan e’tiboran 18 oy o‘tganidan keyin rasmiy axborotnomada e’lon qilinadi.
  • Talabnoma beruvchining iltimosnomasiga ko‘ra topshirilgan sanadan e’tiboran 18 oy o‘tguniga qadar ixtiro haqidagi talabnoma to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qilishi mumkin.

Rasmiy ekspertiza:
Talabnoma topshirilgan sanadan boshlab 2 oy o‘tgandan keyin Agentlik tomonidan o‘tkaziladi.


Chat