Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 12164 marta o'qildi

Avtomototransport vositalarini begonalashtirish bilan bog‘liq bo‘lmagan bitishuvlarni hisobga olish yuridik shaxslar tomonidan o‘z xodimlariga berilgan avtomototransport vositalaridan foydalanish va (yoki) ularni tasarruf etish huquqiga ishonchnomalarga hamda engil avtomobillarni va mototransport vositalarini ijaraga berish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar hamda jismoniy shaxslar o‘rtasida 30 kungacha muddatga oddiy yozma shaklda tuziladigan engil avtomobillar va mototransport vositalarining ijara shartnomalariga nisbatan qo‘llanilmaydi.

  • Jismoniy shaxslar ijaraga beruvchi firmalar bilan 30 kungacha bo‘lgan muddatga engil avtomobillar va mototransport vositalarining ijara shartnomasini (RENT-CAR) to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuzishlari mumkin.
  • Engil avtomobillar va mototransport vositalaridan foydalanish shartlari va muddatlari ularni ijaraga beruvchi firmalar tomonidan belgilanadi.
Chat