Sayt test rejimida ishlamoqda

Huquqiy axborot - hammaga, har doim, hamma joyda!

  • 771 marta o'qildi

Majburiy sug‘urta shartnomasini tuzish uchun sug‘urta qildiruvchi sug‘urtalovchiga tegishli shakl bo‘yicha ariza-anketada ko‘rsatilgan majburiy sug‘urta shartnomasini tuzish to‘g‘risidagi ariza-anketani har bir transport vositasi bo‘yicha taqdim etadi.

Shartnoma tuzish uchun quyidagilar taqdim etiladi
  • pasporti yoki boshqa shaxsini tasdiqlovchi guvohnomasi;
  • transport vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma;
  • transport vositasini boshqarishga qo‘yilgan barcha shaxslarning haydovchilik guvohnomasi;
  • sug‘urta mukofoti bo‘yicha siylov taqdim etiladigan shaxslar toifasiga tegishliligini tasdiqlovchi hujjatlar;
  • transport vositasi egasining ixtiyori bilan mazkur transport vositasidan foydalanish va uni boshqarishga qo‘yilgan yaqin qarindoshlarining qarindoshlik darajasini tasdiqlovchi hujjatlar.

Majburiy sug‘urta shartnomasi ommaviy hisoblanadi va 1 yil muddatga tuziladi.

  • Transport vositasi olinganda (sotib olinganda, meros qilib olinganda, hadyaga olinganda va shu kabilar) uning egasi transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish joyiga borish muddatiga majburiy sug‘urta shartnomasini tuzishga haqlidir.
  • Transport vositasidan mavsumiy foydalanishda uning egasi undan foydalanish davridan iborat muddatga majburiy sug‘urta shartnomasini tuzish huquqiga ega. Bunda ko‘rsatib o‘tilgan muddat kalendarь yilda olti oydan kam bo‘lishi mumkin emas.

Ariza-anketa ma’lumotlari bilan ularni solishtirish uchun  barcha hujjatlarning asl nusxalarini taqdim qilinadi.


Agar sug‘urta qildiruvchi o‘zi egasi bo‘lgan transport vositasini majburiy sug‘urta qilish shartnomasini tuzish vaqtigacha belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan bo‘lsa, majburiy sug‘urta shartnomasini tuzish to‘g‘risidagi arizani to‘ldirishda «Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami» satrini to‘ldirmaydi. Transport vositasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan boshlab 3 ish kuni mobaynida sug‘urta qildiruvchi sug‘urtalovchiga texnik pasport yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasini taqdim etishi shart, sug‘urtalovchi ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar asosida majburiy sug‘urta bo‘yicha sug‘urta polisi blankasida tegishli yozuvni qayd etadi.

Chat