Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 7936 marta o'qildi

Shahar yo‘lovchilar transportidan (taksidan tashqari) bepul foydalanish huquqi
  • 1941-1945-yillardagi urush qatnashchilari jumlasidan bo‘lmish harbiy xizmatchilar;
  • 1941-1945-yillardagi urush nogironlari va urushning I guruh nogironligi bo‘lgan shaxsga hamrohlik qiluvchi shaxs;
  • 1941-1945-yillardagi urush davrida front ortida fidokorona mehnati va benuqson harbiy xizmati uchun orden va medallar bilan taqdirlangan shaxslar;
  • Afg‘oniston Respublikasida va boshqa mamlakatlarning hududidagi jangovar harakatlarda qatnashgan sobiq baynalminalchi jangchilar jumlasidan bo‘lmish fuqarolar;
  • haqiqiy muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar va kontrakt bo‘yicha oddiy askarlar hamda serjantlar tarkibidagi harbiy xizmatchilar;
  • Chernobilь AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshdan kechirgan shaxslar;
  • ko‘zi ojiz nogironligi bo‘lgan shaxslar va ularga hamrohlik qiluvchi shaxs.

Quyidagilarni tashish bepul amalga oshiriladi
  • 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarni;
  • hajmi 60 sm x 40 sm x 20 sm va og‘irligi 20 kilogrammdan ortiq bo‘lmagan qo‘l yukini va musiqa asbobini;
  • 150 santimetrgacha uzunlikdagi buyumlarni;
  • qafasga solingan mayda hayvonlar va parrandalarni;
  • aravachani (bolalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va boshqalarning aravachalarini);
  • mayda bog‘dorchilik inventarini;
  • bolalar chanalarini.

O‘lchami ko‘rsatilgan eng katta hajmlarning hatto bittasidan ortiq bo‘lgan bagaj belgilangan parametrlarga nomuvofiq hisoblanadi hamda uni tashish uchun qo‘shimcha to‘lov undirilishi mumkin.

Chat