Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 1863 marta o'qildi

Shahar yo‘lovchilar transportining harakati tashuvchi tomonidan shahar yo‘lovchilar transportini boshqarish organi tasdiqlagan harakat jadvaliga muvofiq tashkil qilinadi.

  • Barcha bekatlarda, oxirgi va to‘xtab o‘tish manzillarida yo‘nalishning nomi, tartib raqami va harakatning oraliq vaqti to‘g‘risidagi ma’lumot lavhasi joylashtiriladi.
  • Metropoliten bekatlarida poezdlar harakatining oraliq vaqti maxsus qoidalarga binoan belgilanadi.

Toshkent sh. avbotuslar yo‘nalishi reestri


Avtobusda yurishda taqiqlanadigan harakatlar

Quyidagilar avtobusda yurishda taqiqlanadi
  • mast holda yurish;
  • alkogolь va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish;
  • haydovchi (konduktor)ning ruxsatisiz oynalarni ochish;
  • oynadan tashqariga osilish;
  • tez yonuvchan, portlovchi, zaharlovchi, zaharli, qo‘lansa, radioaktiv moddalar va ashyolarni, g‘ilofsiz o‘qotar qurol, tig‘li va keskir ashyolarni olib yurish;
  • o‘lchami 100 sm x 50 sm x 30 santimetrdan katta yoki bitta o‘rin uchun og‘irligi 60 kilogrammdan ortiq buyumlarni, shuningdek uzunligi 200 santimetrdan ortiq bo‘lgan buyumlarni olib yurish;
  • salonni yoki yo‘lovchilarning kiyimlarini iflos qiluvchi buyumlar va ashyolarni olib yurish;
  • tumshuqbog‘siz itlar va boshqa hayvonlarni olib yurish.

 

Chat