Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 9187 marta o'qildi

Veterinariya pasporti — hayvonga berilgan identifikatsiya raqamiga muvofiq rasmiylashtirilgan, hayvon egasini belgilovchi, hayvonlarning kasalliklarga qarshi profilaktikasi va ularni davolash ishlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar qayd etib boriladigan, hayvonning yashash davri davomida saqlanadigan hujjat.

Vakolatli tashkilot:

  • tuman (shahar) veterinariya bo‘limlari

Taqdim etiladigan hujjatlar:

  • Ariza;
  • Egasining shaxsini tasdiqlovchi hujjat.

To‘lov: Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Davlat veterinariya qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.

Muddat
  • hisobga qo‘yish – 3 kun ichida;
  • Pasportni rasmiylashtirish – 3 kun ichida.

Davlat xizmati ko‘rsatish natijasi: Individual raqam va veterinariya pasporti.

Chat