Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 12994 marta o'qildi

Vakolatli tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

Taqdim etiladigan hujjatlar:
  • anketa-ariza;
  • yuridik shaxsning nomi, uning rekvizitlari, STIR, rahbarning ismi, familiyasi;
  • jismoniy shaxsning ma’lumotlari — familiyasi, ismi, otasining ismi, STIR, yashash manzili, (telefon raqami) va pasportidan nusxa;
  • turlari bo‘yicha chetga olib chiqiladigan yoki olib kiriladigan hayvonlarning soni;
  • chetga olib chiqish (mamlakati) yoki olib kirish joyi;
  • chetga olib chiqish uchun asos — hayvonning qonuniy sotib olinganligini yoki tutilganligini tasdiqlovchi hujjat (qonuniy tutishga ruxsatnomaning tartib raqami);
  • zoologiya kollektsiyasining hisobga olinganligi to‘g‘risidagi hujjat.

Arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im:
  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari — jismoniy shaxslardan BHMning 0,1 koeffitsienti miqdorida;
  • tabiatdan foydalanuvchilardan — yuridik shaxslardan BHMning 0,2 koeffitsienti miqdorida;
  • xorijiy fuqarolardan — CITES ruxsatnomalari uchun 50 AQSh dollari va boshqa ruxsatnoma uchun — 10 AQSh dollari miqdorida yig‘im undiriladi.

Muddat: 15 kundan oshmagan muddatda.

Ruxsatnoma berish quyidagi hollarda rad etiladi:
  • ruxsatnoma berilishi uchun zarur bo‘lgan hujjatlarning tabiatdan foydalanuvchi tomonidan to‘liq bo‘lmagan hajmda taqdim etilganligi;
  • tabiatdan foydalanuvchining ruxsat berishga doir talablar va shartlarga muvofiq emasligi;
  • tabiatdan foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarning mavjudligi;
  • o‘simlik dunyosi ob’ektlarini g‘amlash, ularni ushlab turish (saqlash), transportda tashishni o‘rganishlar, tadqiqlar, tekshirishlar yoki boshqa ilmiy va texnik baholashlarning yakunlari bo‘yicha asoslantirilgan salbiy xulosa olinganligi.

Chat