Sayt test rejimida ishlamoqda

Huquqiy axborot - hammaga, har doim, hamma joyda!

  • 918 marta o'qildi

Etarli mablag‘ga ega bo‘lgan sobiq er (xotin)dan
  • sobiq xotin homiladorlik davrida va o‘rtada bola tug‘ilgan kundan boshlab 3 yil davomida;
  • o‘rtadagi nogiron bola o‘n sakkiz yoshga to‘lguncha yoki bolalikdan I guruh nogironligi bo‘lgan bolaga qaragan yordamga muhtoj sobiq xotin (er);
  • nikohdan ajralgunga qadar yoki nikohdan ajralgan paytdan boshlab bir yil davomida mehnatga layoqatsiz bo‘lib qolgan yordamga muhtoj sobiq xotin (er);
  • nikohdan ajralgan paytdan boshlab 5 yil ichida pensiya yoshiga etgan yordamga muhtoj xotin (er), agar er-xotin uzoq vaqt nikohda turishgan bo‘lsa, sud tartibida aliment talab qilish huquqiga egadir.

  • Nikohdan ajralgandan keyin sobiq er yoki xotinga to‘lanadigan aliment miqdori va uni to‘lash tartibi sobiq er-xotin o‘rtasidagi kelishuv bilan belgilanishi mumkin.

Er-xotin (sobiq er-xotin)dan sud tartibida undiriladigan aliment miqdori
  • Er-xotin (sobiq er-xotin) o‘rtasida aliment to‘lash to‘g‘risida kelishuv mavjud bo‘lmagan hollarda er yoki xotinga (sobiq er yoki xotinga) sud tartibida undirib beriladigan aliment miqdori sud tomonidan er yoki xotinning (sobiq er yoki xotinning) moddiy va oilaviy ahvolini hamda taraflarning e’tiborga loyiq boshqa manfaatlarini e’tiborga olib, har oyda pul bilan to‘lanadigan qat’iy summada belgilanadi, biroq bu summa qonun hujjatlarida belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 11,75 foizidan kam bo‘lmasligi lozim.


Er va xotinni bir-birlariga ta’minot berish majburiyatidan ozod qilish

Sud quyidagi hollarda:

  • agar er-xotin nikohda qisqa vaqt mobaynida bo‘lgan bo‘lsa;
  • agar o‘z ta’minoti uchun mablag‘ to‘lanishini talab qilayotgan er yoki xotinning noloyiq xulq-atvori tufayli nikohdan ajratilgan bo‘lsa;
  • agar yordamga muhtoj er yoki xotinning mehnatga layoqatsiz bo‘lib qolishi uning spirtli ichimliklarni, giyovandlik vositalarini, psixotrop moddalarni suiiste’mol qilishi yoki qasddan jinoyat sodir etishi oqibatida yuz bergan bo‘lsa, er (xotin)ni yordamga muhtoj mehnatga layoqatsiz xotin (er)ga ta’minot berish majburiyatidan ozod qilishi yoxud bu majburiyatni muayyan muddat bilan cheklab qo‘yishi mumkin.


Er (xotin)ning aliment olish huquqining tugashi

  • Er-xotinning bir-biridan ta’minot olish huquqi ta’minot olish uchun asos bo‘lgan shartlar tugagan taqdirda, shuningdek nikohdan ajralgan yordamga muhtoj, mehnatga layoqatsiz er yoki xotin yangi nikohga kirganda tugaydi.
  • Bunday hollarda, agar ta’minot uchun mablag‘ sudning hal qiluv qaroriga binoan undirilgan bo‘lsa, uni to‘lashi shart bo‘lgan er (xotin) bundan buyon aliment to‘lashdan ozod etish haqidagi talab bilan sudga murojaat qilishga haqlidir.
Chat