Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 20063 marta o'qildi

Aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxsning ish joyidagi ish beruvchi yoki pensiya, nafaqa, stipendiya olayotgan joyidagi tashkilot ma’muriyati aliment to‘lash to‘g‘risidagi notarial tartibda tasdiqlangan kelishuvga yoki ijro varaqasiga asosan aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxsning ish haqidan va (yoki) boshqa daromadidan har oyda aliment ushlab qolib, aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxsga ish haqi to‘langan va (yoki) boshqa daromadlar olingan kundan boshlab, 3 kundan kechiktirmay aliment oluvchi shaxsga aliment to‘lashi yoki aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxsning hisobidan unga o‘tkazishi shart.

Aliment to‘lovchining ish, o‘qish joyi va turar joyi o‘zgarganligi haqida xabar qilish majburiyati
  • Sudning hal qiluv qarori yoki aliment to‘lash to‘g‘risidagi notarial tartibda tasdiqlangan kelishuv bo‘yicha aliment ushlab qolishi lozim bo‘lgan ish beruvchi (tashkilot ma’muriyati) aliment to‘lovchi shaxs bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqida, shuningdek uning yangi ish, o‘qish joyi yoki turar joyi unga ma’lum bo‘lsa, bu haqda sudning hal qiluv qarori ijro etiladigan joydagi davlat ijrochisiga yoki aliment oluvchi shaxsga 3 kun muddat ichida xabar berishi shart.
  • Aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxs yuqorida ko‘rsatilgan muddatda o‘z ish, o‘qish joyi yoki turar joyi o‘zgarganligi haqida, shuningdek qo‘shimcha ish haqi yoki boshqa daromadi to‘g‘risida davlat ijrochisini hamda aliment oluvchi shaxsni xabardor qilishi shart.
  • Mazkur ma’lumotlarni belgilangan muddatda uzrsiz sabablarga ko‘ra xabar qilmagan taqdirda, aybdor mansabdor shaxs va aliment to‘lovchi shaxs ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortiladi.

Majburiy ijro byurosiga murojaat qilish uchun quyidagi havolaga o‘ting.

Chat