Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 75 marta o'qildi

Fuqaroni ishga qabul qilish uning mutaxassisligi, malakasi etarli bo‘lmaganda va qonunda belgilangan boshqa asoslarda rad etilishi mumkin.

Ishga qabul qilishni g‘ayriqonuniy ravishda rad etish mumkin emas. 

Quyidagilar g‘ayriqonuniy rad etish deb hisoblanadi
  • ish beruvchi taklif qilgan shaxslarni ishga qabul qilmaslik;
  • kamsitish alomatlari bo‘lganda;
  • ish beruvchi qonunga muvofiq mehnat shartnomasi tuzishi shart bo‘lgan shaxslarni (aholi bandligiga ko‘maklashish markazi yo‘llanmasi bo‘lgan shaxslarni, homilador ayollarni va 3 yoshga to‘lmagan bolalari bor ayollarni) ishga qabul qilmaslik;
  • qonunga muvofiq avval sudlangan shaxsni yoki fuqaroni yaqin qarindoshi sudlanganligi sababli ishga qabul qilmaslik.

  • Ishga qabul qilish rad etilganda, ish beruvchi uning sababini ko‘rsatgan holda 3 kun ichida yozma javob berishi shart.
  • Ishga kirayotgan shaxsning pasporti (ID karta) haqiqiy bo‘lmasa, ishga qabul qilish rad etilishi mumkin.

Ishga qabul qilish g‘ayriqonuniy rad etilganda, mehnat huquqini himoya qiluvchi tashkilotlarga murojaat etish uchun havolaga o‘ting.

Chat