Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 15421 marta o'qildi

O‘zbekiston Respublikasida sog‘liqni saqlashning davlat, xususiy va boshqa tizimlari yig‘indisidan iborat yagona sog‘liqni saqlash tizimi amal qiladi.

Davlat sog‘liqni saqlash tizimining davolash-profilaktika muassasalari aholiga davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy yordam ko‘rsatadi.       

Davlat tibbiy-sanitariya xizmatlarining kafolatlangan hajmi doirasida quyidagilarni o‘z ichiga oluvchi bepul tibbiy xizmat ko‘rsatilishini ta’minlaydi:
  • shoshilinch, kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordam ko‘rsatish;
  • sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘inida va qator davlat davolash-profilaktika muassasalarida, avvalo, qishloq joylarda tibbiy xizmat ko‘rsatish;
  • qator yuqumli kasalliklarga qarshi aholini immunlashtirish va vaktsinatsiyalash;
  • ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan va atrofdagilar uchun xavf tug‘diradigan kasalliklar (sil, onkologik, ruhiy, narkologik, endokrinologik kasalliklarga chalingan bemorlar va kasb kasalliklariga chalingan shaxslar) bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam;
  • bolalarni tekshiruvdan o‘tkazish va davolash (pulli shifoxonalardan tashqari);
  • 15-17 yoshli o‘smirlar va chaqiruv komissiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha chaqiruv yoshidagi (18-27 yoshli) shaxslarni tekshiruvdan o‘tkazish va davolash;
  • tug‘ruq vaqtida yordam beradigan xizmatlarni ko‘rsatish (pulli muassasalardan tashqari);
  • imtiyozli toifaga mansub bemorlar (nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush faxriylari, to‘liq etimlar)ni davlat davolash-profilaktika muassasalarida davolash.  

Barcha respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari tomonidan davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga tibbiy yordam ko‘rsatiladigan imtiyozli toifadagi shaxslar ro‘yxati.

Qoida tariqasida, poliklinika va qishloq vrachlik punkti soat 8-00 dan 20-00 gacha ishlaydi, ammo o‘ziga kerakli shifokorni topish uchun bemor uning qabul kunlarini bilib olishi lozim.

Chat