Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 24002 marta o'qildi

O‘rindoshlik asosida ishlash — xodimning o‘zining asosiy ishini bajarishidan tashqari asosiy ishidan bo‘sh vaqtida mehnat shartnomasi asosida boshqa haq to‘lanadigan ishni bajarishi.

  • O‘rindosh xodim uchun ish vaqti (hajmi) belgilangan normaning yarmidan ko‘p bo‘lishi mumkin emas (sog‘liqni saqlash tizimi vrach xodimlari bundan mustasno).

O‘rindoshlik asosidagi ish joyi bo‘yicha nafaqa olish
  • O‘rindoshlar o‘rindoshlik asosidagi ish joyi bo‘yicha vaqtincha mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tug‘ish nafaqalari olish huquqiga ega.

O‘rindoshlik asosida ishlash taqiqlangan shaxslar va ishlar
  • 18 yoshga to‘lmagan shaxslar;
  • noqulay mehnat sharoitlarida ishlayotganlar shunday shart-sharoitdagi o‘rindoshlik ishlarda (sog‘liqni saqlash tizimi tashkilotlari xodimlari bundan mustasno);
  • avtomobilь tashuvlari xavfsizligini ta’minlash xizmatining ishchisi (mutaxassisi) sifatida;
  • respublika darajasidagi davlat boshqaruv organlari rahbar xodimlari;
  • viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlari va ularning o‘rinbosarlari;
  • bir-biriga bo‘ysunuvchi yoki nazorat qiluvchi davlat boshqaruvi organlari mutaxassislari (sog‘liqni saqlashni va ta’lim tizimidagi vrachlar va o‘qituvchilar bundan mustasno);
  • qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shaxslar (xodimlar).

O‘rindoshlik asosida ishlash hisoblanmaydigan ishlar ro‘yxati quyidagi havolada keltirilgan.

Chat