Sayt test rejimida ishlamoqda

Huquqiy axborot - hammaga, har doim, hamma joyda!

  • 7 marta o'qildi

Xodim xizmat topshirig‘ini bajarish uchun xorijga xizmat safariga yuborilishi mumkin.

Xizmat safariga rahbarning buyrug‘i asosida yuboriladi va xizmat safarining quyidagi xarajatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplab beriladi:

sutkalik xarajatlar

Sutkalik xarajatlar xizmat safaridagi har bir kun uchun belgilangan me’yorlarning 100 foizi miqdorida xorijiy valyutada to‘lanadi (ayrim shaxslarga ustamalar to‘lanadi).

Jo‘nab ketish hamda qaytib kelish kuni O‘zbekiston Respublikasining davlat chegarasini kesib o‘tish kuni hisoblanadi (chegara-nazorat punktlari qo‘ygan belgisi bo‘yicha aniqlanadi).

Xorijda uzluksiz 60 sutkadan ortiq (61-kundan boshlab) xizmat safarida bo‘lganlarga nisbatan va boshqa shaxslar uchun sutkalik xarajatlarni qoplashning boshqacha tartibi belgilanadi.

yashash uchun (turar joy ijarasi bo‘yicha) xarajatlar

Xorijga xizmat safarlariga yuborilganda yashash uchun (turar joyni ijarasi bo‘yicha) xarajatlar xorijiy valyutada belgilangan me’yorlar asosida to‘lanadi

Yashash uchun (turar joyni ijarasi bo‘yicha) qo‘shimcha xarajatlar belgilangan me’yorlar asosida mehmonxonalar mavjud emasligini tasdiqlovchi ma’lumot asosida tashkilot rahbari qarori bilan qoplab beriladi

Ovqatlanish va boshqa shaxsiy xizmatlar (mini-bar, kabelь televideniesi, kiyimlarni yuvdirish va dazmollatish va boshqalar) sutkalik xarajatlar hisobidan to‘lanadi va alohida qoplanmaydi.

transport xarajatlari

Transport xarajatlarini qoplash tashkilot rahbarlari amalga oshiriladi:

  • havo transportida – 1-biznes yoki iqtisodiy klass tariflari bo‘yicha;
  • temir yo‘l va suv transportida – 1-klass tarifi bo‘yicha;

Tashkilotlar rahbarlarining o‘rinbosarlariga, Bosh konsullar – alohida xorijdagi konsullik muassasasi rahbarlariga:

  • havo transportida – biznes yoki iqtisodiy klasslar tarifi bo‘yicha;
  • temir yo‘l va suv transportida – 1-klass tarifi bo‘yicha;

Boshqa barcha xizmat safariga yuboriladigan shaxslarga:

  • havo transportida – iqtisodiy klass tarifi bo‘yicha;
  • temir yo‘l transportida – 2-klass tarifi bo‘yicha;
  • suv transportida – sayyohlik klassi tarifi bo‘yicha.

vakillik xarajatlari

Vakillik xarajatlari vakillarning (qatnashchilarning) rasmiy qabuli (nonushta, tushlik yoki shunga o‘xshash tadbirlar)ni o‘tkazish, ularning transport ta’minoti, muzokaralar vaqtida bufet xizmatlarini ko‘rsatish, tashkilot shtatida bo‘lmagan tarjimon xizmatiga haq to‘lash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar boshlang‘ich hisob hujjatlari asosida qoplab beriladi.

Ko‘zda tutilmagan xarajatlar uchun 1000 AQSh dollarigacha ajratiladi va Hukumat delegatsiyasi a’zolaridan biriga hisobot topshirish sharti bilan beriladi.

boshqa xarajatlar

Transport, yashash uchun (turar joyni ijarasi bo‘yicha), sutkalik, vakillik va ko‘zda tutilmagan xarajatlardan tashqari hujjatlar bilan tasdiqlangan quyidagi xarajatlar ham qoplanadi:

  • viza olish bo‘yicha;
  • vaqtinchalik propiska (ro‘yxat olinganlik) uchun;
  • borgan mamlakatida xorijiy valyutani sotib olish yoki sotish chog‘ida yig‘imlar (foizlar, komissiyalar)ni to‘lash bo‘yicha;
  • 30 kilogrammgacha bo‘lgan yuk olib ketish uchun to‘lov (xodim borayotgan transport turida bepul yuk olib ketish me’yoridan ortiqchasiga);
  • aeroport, sug‘urta (faqat borayotgan mamlakatiga kirish uchun majburiy bo‘lgan sug‘urta turlari), bojxona va vositachilik yig‘imlari (ko‘rgazmalar, taqdimotlar, konferentsiyalar va gastrollar o‘tkazilganda);
  • konferentsiya, sport musobaqalari qatnashchilarini ro‘yxatga olish yig‘imlari, sport anjomlarini ijaraga olish;
  • pullik to‘xtash joylari xizmatlarini to‘lash, avtobenzin xarid qilish, yukni transportda jo‘natish (faqat xizmat safariga yuborilgan haydovchilar uchun) to‘lovlari bo‘yicha;
  • MDH mamlakatlariga boradigan 20 foiz va undan ortiq ustamasi mavjud shaxslar uchun «VIP» zallari orqali xizmat ko‘rsatish;
  • xizmat safariga jo‘natilgan shaxslarga favqulodda, qoldirib bo‘lmaydigan holatlarda ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlarni to‘lash bo‘yicha;
  • hujjatlar bilan asoslangan xizmat safari bekor qilinishi, yo‘l marshruti yoki xorijiy davlatda bo‘lish muddatlari o‘zgarishi sababli yo‘l chiptalarini qaytarib berish, almashtirish yoki ulardan foydalanmaslik bilan bog‘liq jarimalar yoki qo‘shimcha xarajatlarni to‘lash bo‘yicha.

Tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda tegishli xizmat safari xarajatlari qoplanmaydi.

Chat