Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 77944 marta o'qildi

Oilaviy poliklinika va qishloq vrachlik punkti o‘ziga biriktirilgan mahalla, qishloq, daha va boshqa joylardagi aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatadigan sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘inlari bo‘lib hisoblanadi.

Umumiy amaliyot shifokorining majburiyatlari:
  • aholiga eng ko‘p uchraydigan kasalliklarni profilaktika qilish va davolash bo‘yicha alohida bemorlar hamda butun oila darajasida tibbiy xizmatlar ko‘rsatish;
  • bemorlarni o‘z vaqtida ixtisoslashtirilgan tibbiy muassasalarga maslahat va kasalxonaga yotqizish uchun yuborish;
  • xizmat ko‘rsatiladigan hudud aholisiga standartlar va mavjud jihozlarga muvofiq kasalxonaga qadar shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish;
  • xizmat ko‘rsatiladigan aholi o‘rtasida shikastlanishlar, nogironliklar, o‘limning oldini olish bo‘yicha choralarni ko‘rish;
  • sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish (to‘g‘ri ovqatlanishni, chekish va spirtli ichimliklarni iste’mol qilishga qarshi kurashish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishni tavsiya qilish);
  • sanitariya-epidemioligiya qarshi tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish (profilaktik emlashlar, biriktirilgan hududlar va xonadonlarning sanitariya holatini umumiy monitoring qilish, yuqumli kasalliklar o‘choqlarida kuzatuv tadbirlarini o‘tkazish, xizmat ko‘rsatiladigan hududda epidemik vaziyatni tahlil qilish, biriktirilgan aholini epidemiologik xavfli holatlar to‘g‘risida ogohlantirish) va boshqalar.

Chat