Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 10226 marta o'qildi

Bemor poliklinikaning yo‘llanmasi (order) bo‘yicha shifoxona yoki klinikaga yotqizilganda davolash va parvarishlash bepul amalga oshiriladi.

Zarurat bo‘lganda Sog‘liqni saqlash vazirligi va hududiy sog‘liqni saqlash boshqaruv organlari mijozlarning imtiyozli toifasini bepul tibbiy yordam olish uchun o‘zining idoraviy mansub tibbiyot muassasalariga yo‘naltirishi mumkin.

Agar mijoz tibbiy yordam olish uchun tegishli yo‘llanmasiz (ordersiz) tibbiyot tashkilotiga bevosita murojaat etsa, tibbiy yordam belgilangan tartibda pullik asosda ko‘rsatiladi, shoshilinch va kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordam ko‘rsatish talab etiladigan hollar bundan mustasno.

Mijozlar qabul bo‘limi (registratura) tomonidan qabul qilinadi, ular mijozlarni ish tartibi, tibbiy yordamlar ro‘yxati, ushbu yordamni ko‘rsatish va olish shart-sharoitlari, vrach-mutaxassislar malakasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi bepul, tushunarli va ishonchli axborot bilan ta’minlashlari shart.

Chat