Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 34510 marta o'qildi

Belorus pojalovalsya na vыdannыe dollarы

Qanday banknotalar muomalaga yaroqli hisoblanadi?

Banknotaning haqiqiyligini aniqlash imkoni saqlanib qolgan bo‘lsa, ayrim shikastlanishlar uni avtomatik ravishda yaroqsiz qilib qo‘ymaydi.

Jumladan, banknota:

  • tasvirini aniqlash mumkin bo‘lgan darajada siyqalangan yoki ifloslangan;
  • eni yoki bo‘yining to‘rtdan bir qismidan oshmagan yopishtirilgan yirtiqqa ega;
  • 1 sm² dan oshmagan yopishtirilgan burchak yoki qismga ega;
  • mayda dog‘, yozuv yoki shtamp izlariga ega bo‘lib, ular asosiy belgilardan birining 50 foizidan ortig‘ini to‘smagan;
  • belgilangan me’yorda mayda teshiklarga ega

bo‘lsa, qoidalardagi boshqa shartlarga rioya etilgan holda muomalaga yaroqli deb baholanishi mumkin.

Qanday banknotalar muomalaga yaroqsiz hisoblanadi?

Belgilangan me’yordan ortiq shikastlangan, jumladan:

  • bo‘laklarga ajratilgan;
  • dastlabki rangi o‘zgargan yoki o‘chgan;
  • yongan yoki kuygan;
  • asosiy belgilarining 50 foizidan ortiq qismi moy, bo‘yoq yoki siyoh bilan qoplangan;
  • kimyoviy reaktiv ta’siriga uchragan;
  • nominali, tasviri yoki himoya elementlari qasddan o‘zgartirilgan;
  • aniq bosma xatolari mavjud;
  • geometrik o‘lchami 3 mm yoki undan ko‘pga o‘zgargan;
  • juda siyqalanib, tasvirini aniqlash qiyinlashgan;
  • qattiqligini sezilarli yo‘qotib, yumshab qolgan

banknotalar muomalaga yaroqsiz hisoblanadi.

Bank shikastlangan banknotani qabul qilishni rad etishi mumkinmi?

Shikastlanish belgilari bo‘lsa-da, muomalaga yaroqli hisoblangan chet el valyutasidagi banknota bilan valyuta ayirboshlash operatsiyasini amalga oshirishni bank rad etishi mumkin emas.

Muomalaga yaroqsiz banknotani esa bank belgilangan tartibda inkassoga qabul qilishni rad eta olmaydi.

Inkasso — yaroqsiz chet el valyutasidagi banknota oddiy tarzda darhol almashtirilmay, uning qiymatini tegishli bank yoki xorijiy emitent orqali undirish maqsadida qabul qilinadigan tartib.

Qaysi banknotalar bilan ayirboshlash operatsiyasi o‘tkazilmaydi?

Xorijiy davlatning emitent banki tomonidan belgilangan sanadan keyin muomaladan chiqarilgan, shuningdek banknotaning tugatilgani, soxtaligi yoki namunaviyligini tasdiqlovchi tegishli shtamplar mavjud banknotalar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalari amalga oshirilmaydi.

Banklar shikastlangan yoki yaroqsiz deb baholangan banknotalarni qayta muomalaga chiqarishi mumkin emas.

Eslatma: banknotani qabul qilish yoki inkassoga yuborish masalasi uning shikastlanish darajasi va haqiqiyligini tekshirish natijasiga ko‘ra hal qilinadi.

Chat