Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 2832 marta o'qildi

Ro‘yxatga olingan bagaj yoki qo‘l yuki sifatida tashishga qabul qilinmaydigan buyumlar
  • havo transportiga, yo‘lovchilarga yoki havo transportidagi yo‘lovchilar va tashuvchiga tegishli buyumlar va narsalarga xavf keltirsa;
  • tashuvchi tomonidan o‘rnatilgan me’yoriy normalarni hajmidan oshadigan va tashib bo‘lmaydigan buyumlar;
  • davlat qonunchiligiga asosan uning hududidan, hududida yoki hudud orqali tashish taqiqlangan buyumlar.

Havo kemalarida tashuvi taqiqlangan modda va buyumlar:

  • portlovchi moddalar, portlovchi vositalar va ularning hosila predmetlari
    • har qanday o‘ramda va miqdordagi porox;
    • har qanday o‘qdori, jangovar patronlar (shu jumladan kichik kalibrli), gaz bilan ishlovchi qurol uchun patronlar, ov kapsulalari (pistonlar), pirotexnika vositalari;
    • signalli va yorituvchi raketalar, posadkali shashkalar, tutun chiqaruvchi patronlar (shashkalar), feyerverklar, bengal olovi, temir yo‘l petardlari;
    • individual qo‘llanishga mo‘ljallangan xavfsiz gugurt donalari, termo-gugurt donalari, ovchi gugurtlari, dinamit gugurtlari;
    • singmaydigan suyuq yoqilg‘i, suyuq gaz har qanday turdagi zajigalkalar, zajigalka uchun yoqilg‘i va ular uchun mo‘ljallangan yonilg‘i quyishgacha ishlatiladigan elementlar.

     

  • portlovchi va yonuvchan moddalar va portlovchi moslamalar
    • minalar, granatalar va boshqa harbiy maqsadlarga mo‘ljallangan portlovchi qurilmalar;
    • trotil, dinamit, tol, ammonal va boshqa portlovchi moddalar;
    • kapsulalar, detonatorlar, elektr detonatorlar va elektr alangalanuvchilar;
    • detonatorli va olov o‘tkazgichli bog‘lamamalar, qora porox va plastik portlovchi moddalar.

    Ba’zi patronlar ro‘yxatdan o‘tgan bagajda ayrim talablarga rioya qilingan holda tashishga yo‘l qo‘yiladi.

     

  • siqilgan va suyuq gazlar
    • Maishiy qo‘llanishga mo‘ljallangan (butan-propan) va boshqa gazlar;
    • Dastlabki shollik holatiga tushiruvchi va ko‘zdan yosh oqizuvchi xususiyatli gaz ballonchalari.
  • tez alangalanadigan suyuqliklar
    • atseton;
    • benzin;
    • yonuvchan neft mahsulotlari namunalari;
    • metalon;
    • metilatsetat;
    • oltingugurt uglevodi;
    • efir moylari va boshqa barcha tezalangalanadigan suyuqliklar
  • yonuvchan qattiq moddalar

    a)o‘z-o‘zidan alangalanish va yong‘in keltirib chiqaruvchi suv ta’sir ettirilganda issiqlik chiqaruvchi moddalar hamda yonuvchan gazlar:

    • kaliy;
    • natriy;
    • metalli kalьtsiy va uning quymalari;
    • fosforli kalьtsiy va boshqalar;
    • oq, sariq, qizil fosfor va yonuvchan qattiq moddalar guruhiga kiruvchi boshqa moddalar, organik piroksidlar;

    b) kolloidli nitrotsellyuloza:

    • granula yoki parcha ko‘rinishida, quruq yoki nam - 25% dan kamroq suv yoki eritmaga ega holatda;
    • bo‘lak shaklida, nam - 25% dan kamroq spirtga ega holda;
    • quruq yoki 30% dan kamroq eritma yoki 20% dan kamroq suvga ega nam nitrotsellyuloza.
  • zaharli va zaharlovchi moddalar
    • har qanday taraga qadoqlangan suyuq yoki qattiq holatdagi zaharli, kuchli ta’sir qiluvchi va zaharlovchi har qanday moddalar;
    • brutsin;
    • nikotin;
    • strixnin;
    • tetragidrofurfuril spirti;
    • antifriz;
    • tormoz suyuqligi;
    • etilenglikolь;
    • simob;
    • sinil kislotasining barcha turdagi tuzlari va tsianid preparatlar;
    • tsiklon;
    • tsianplav;
    • mishyak angidridi;
    • qolgan barcha kuchli ta’sir etuvchi zaharli va zaharlovchi moddalar;
    • kimyoviy moddalar;
    • hushdan ketkizuvchi va ishchanlik qobiliyatining yo‘qolishiga olib keluvchi gazlar va aerozollar, shu jumladan meys, qalampirli gaz, kislotali aerozollar va hayvonlarni qo‘rqitish uchun ishlatiladigan aerozollar.
  • o‘yuvchi va emiruvchi moddalar

    a) kuchli anorganik kislotalar:

    • tuzli;
    • oltingugurtli;
    • azotli va boshqalar;

    b) ftor-vodorodli kislota;

    v) boshqa kuchli kislotalar va emiruvchi moddalar.

  • barcha turdagi o‘qotar, gazli, pnevmatik, sovuq va mexanik qurollar
    • to‘pponchalar;
    • revolьverlar;
    • miltiqlar;
    • karabinlar va boshqa o‘qotar;
    • gazli;
    • pnevmatik qurol;
    • ko‘rinishidan haqiqiyga o‘xshash o‘qotar qurollarning nusxalari va imitatorlari;
    • o‘qotar qurol qismlari;
    • siqilgan havo yoki is gazi (SO2) bilan ishlovchi pnevmatik qurol, shu jumladan to‘pponchalar;
    • kichik o‘q otish uchun mo‘ljallangan to‘pponchalar;
    • sharikli o‘q otish uchun mo‘ljallangan miltiq va to‘pponchalar;
    • elektroshok qurilmalari va uning imitatorlari;
    • arbaletlar;
    • suv tagida ov qilish uchun mo‘ljallangan qurollar;
    • nayzalar, pichoqli nayzalar.
  • vaqtinchalik hushdan ketkazuvchi va falaj qiluvchi (harakatsizlantiruvchi) maxsus qurilmalar
    • shol qiluvchi zarba berishga mo‘ljallangan qurilmalar, jumladan shok ta’siriga ega to‘pponchalar(masalan, tazerlar) va politsiyachilar shok tayoqchalari;
    • kar qiluvchi va hayvonlarni og‘riqsiz o‘ldirishga mo‘ljallangan qurilmalar.
  • havo kemasi salonida tashish taqiqlangan predmetlar
    • jiddiy tan jarohati etkazish mumkin bo‘lgan uchi o‘tkirlangan yoki o‘tkir qirrali predmetlar:
    • boltalar;
    • keskichlar va qassob pichoqlari;
    • muz qirqqichlar va muz teshuvchi pistillar;
    • pichoqlar, qaychilar;
    • sharq yakkakurashlarida qo‘llaniluvchi uchi o‘tkirlangan yoki o‘tkir qirrali predmetlar;
    • xanjar va qilichlar.
  • ish qurollari
    • jiddiy tan jarohati etkazish yoki havo kemasi xavfsizligiga tahdid solish uchun ishlatish mumkin bo‘lgan asboblar;
    • lomlar;
    • drellar va burg‘ulovchi asboblar, shu jumladan batareya bilan ishlovchi portativ drellar;
    • qurol sifatida ishlatish mumkin bo‘lgan ish qurollari, jumladan otvertkalar, tig‘, arra, shu jumladan batareya bilan ishlovchi portativlari ham;
    • erituvchi lampalar;
    • steplerli va mix qoquvchi pistoletlar.
  • zarba berganda jiddiy tan jarohati etkazish maqsadida qo‘llash mumkin bo‘lgan to‘mtoq uchga ega predmetlar
    • beysbol bitalari va softbol o‘yiniga mo‘ljallangan bitalar;
    • politsiya tayoqlarining turli ko‘rinishlari, shu jumladan uzun va tungi (yoritgichli), sharq yakkakurashida qo‘llaniladigan moslamalar.
Chat