Shrift o‘lchami
Ko‘rinish
Temir yo‘llar va avtomobilь yo‘llari uchun ajratilgan mintaqalarda temir yo‘l organlari va yo‘l organlari bilan kelishmay turib erni haydash, o‘t o‘rish, daraxt kesish va ularga shikast etkazish, chimlarni olib tashlash va tuproq olish, kanalizatsiya, sanoat, melioratsiya suvlarini va oqova suvlarni suv qochirish inshootlariga va rezervlariga oqizish, shuningdek ajratilgan mintaqalarda va yog‘och ko‘priklardan 100 metrgacha bo‘lgan masofada olov yoqish, yog‘och ko‘priklar va taxta to‘shamali ko‘priklarda chekish jarimaga tortiladi.
Avtomobilь yo‘llariga ajratilgan mintaqaga tutash joylardagi er egalari yoki erdan foydalanuvchilarning umum foydalanishdagi yo‘llardagi aholi punktlari doirasida, o‘zlariga biriktirib qo‘yilgan er maydoni chegarasida piyodalar yuradigan yo‘lkalar va ular o‘tadigan ko‘prikchalar qurish, ularni ta’mirlash va muntazam orastalab turish majburiyatlarini, shuningdek o‘zlariga biriktirilgan er maydonidan chiqish yo‘llarini yoki umum foydalanishdagi avtomobilь yo‘llariga kelib tutashadigan yo‘llarni, shu jumladan kesib o‘tiladigan ko‘priklarni texnik jihatdan soz holda va ozoda saqlash majburiyatlarini bajarmaslik jarimaga tortiladi.