Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 3323 marta o'qildi

Avtomobilь yo‘llaridan quyidagi maqsadlarda foydalanishda ular qaysi yuridik va jismoniy shaxslar ixtiyorida bo‘lsa, o‘shalar bilan kelishilishi lozim:

  • ajratilgan mintaqada yo‘l axborotiga aloqasi bo‘lmagan reklama peshtaxtalari, peshlavhalar, e’lonlar o‘rnatish va joylashtirishga;
  • sport musobaqalari va jamoatchilik tadbirlari o‘tkazishga;
  • ajratilgan mintaqa doirasida ko‘kalamzorlashtirish ishlarini olib borishga;
  • kanallar, aloqa va elektr uzatish liniyalari, quvurlar, temir yo‘llar hamda boshqa kommunikatsiyalarning avtomobilь yo‘llarini kesib o‘tishiga;
  • tutashadigan va ajralib chiqadigan yo‘llar qurishga;
  • ko‘priklar va suv quvurlari yaqinida melioratsiya hamda boshqa maqsadlar uchun daryolar va zovurlarning o‘zanlarini chuqurlashtirishga;
  • avtomobilь yo‘liga qo‘shilib ketgan shlyuzlar, to‘g‘onlar va boshqa melioratsiya hamda gidrotexnika inshootlarini ta’mirlashga;
  • avtomobilь yo‘llari chetlarida hamda yo‘l ko‘tarmalari yoki o‘yimlarining qiyaliklarida joylashgan, foydalanilayotgan aloqa va elektr uzatish liniyalarini rekonstruktsiya qilish ishlarini bajarishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Chat

Ҳуқуқий ёрдам керакми?

Ҳуқуқий маслаҳат керакми бизга ёзинг!