Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 25882 marta o'qildi

Ipoteka kreditlari tijorat banklari tomonidan qaytarishlik, to‘lovlilik, ta’minlanganlik va muddatlilik shartlarida quyidagi maqsadlar uchun beriladi
  • qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kelishilgan yakka tartibdagi va namunaviy loyiha asosida, qurilishning belgilangan normalari va qoidalariga rioya qilib yakka tartibda uy-joy qurish va rekonstruktsiya qilish;
  • yakka tartibdagi uy-joyni yoki ko‘p kvartirali uydagi kvartirani sotib olish.

 

Ipoteka kreditini olish uchun bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi
  • qarz oluvchining (birgalikda qarz oluvchilarning) pasporti asl nusxasi;
  • uy-joyning oldi-sotdi shartnomasi;
  • qarz oluvchining (birgalikda qarz oluvchilarning) oxirgi 12 oydagi daromadlari to‘g‘risida ma’lumot.

  • Ipoteka krediti olish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish muddati barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan kundan e’tiboran 30 ish kunidan oshmasligi kerak.
  • Ipoteka shartnomasi bank va qarz oluvchi o‘rtasida tuziladi.

Kredit olishda qarz oluvchi quyidagi xarajatlarni amalga oshirishi kerak
  • ipoteka to‘g‘risidagi shartnomani notarial tasdiqlash uchun davlat boji;
  • garovga qo‘yilgan ko‘chmas mulkni sug‘urtalash bilan bog‘liq xarajatlar;
  • mulk qiymatini aniqlash bo‘yicha baholovchi tashkilot xizmatlari uchun to‘lov.

  • Aholiga ajratiladigan ipoteka kreditlari muddati 20 yilgacha uzaytirildi.

Xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan qurib bitkazilgan kvartiralarni, shuningdek, tayyor holda topshirish shartisiz (pardoz ishlarini amalga oshirmasdan) qurilgan kvartiralarni birlamchi uy-joy bozorida sotib olish uchun bir qarz oluvchiga ajratilayotgan ipoteka kreditlarining eng ko‘p miqdorlari
  • qishloq joylarida 1 va 2 xonali kvartiralar uchun 174 mln so‘mdan 240 mln so‘mgacha, 3 va undan ko‘p xonali kvartiralar uchun 224 mln so‘mdan 320 mln so‘mgacha;
  • shaharlarda 1 va 2 xonali kvartiralar uchun 180 mln so‘mdan 240 mln so‘mgacha, 3 va undan ko‘p xonali kvartiralar uchun 232 mln so‘mdan 320 mln so‘mgacha;
  • Toshkent shahrida 1 va 2 xonali kvartiralar uchun 198 mln so‘mdan 264 mln so‘mgacha, 3 va undan ko‘p xonali kvartiralar uchun 255 mln so‘mdan 352 mln so‘mgacha oshirilsin.


Qo‘shimcha ma’lumotni banklarning hududiy filiallari orqali olish mumkin.

 

Chat