Mazkur kredit turi og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan, nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan, farzand(lar)ini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj xotin-qizlarga beriladi.
Talabgor Davlat dasturida ishtirok etayotgan bank filialiga kredit ajratish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qiladi.
Arizani ko‘rib chiqish muddati 15 bank kuni hisoblanadi.
E’tibor bering!
- Subsidiya olish jarayonida Davlat xizmatlari markazlari Sizdan faqatgina ariza olib qolib tayyor natijani taqdim etishga vakolatli.
- Qolgan masalalar, ya’ni kimlarga qancha miqdorda subsidiyalar ajratishni alohida komissiya hal qiladi. Bu ishga Davlat xizmatlari markazi aralashmaydi.
- Subsidiyalar bir oilaga (oila a’zolarining bittasiga) faqat 1-marta beriladi.