Mediatsiya bilan bog‘liq uch xil kelishuv mavjud:
U shartnomaning tarkibiy qismi bo‘lgan shart sifatida yoki alohida kelishuv tarzida yozma shaklda tuziladi.
Unda taraflar o‘rtasida yuzaga kelgan yoki kelib chiqishi mumkin bo‘lgan barcha yoki muayyan nizolarni mediatsiya orqali hal qilish haqidagi qoida bo‘lishi kerak.
Kelishuvda:
Taraflar o‘zaro maqbul qarorga erishsa, mediativ kelishuv yozma shaklda tuziladi.
Unda taraflar haqidagi ma’lumotlar, kelishuvni bajarish bilan bog‘liq huquq va majburiyatlar, shuningdek kelishilgan majburiyatlarni bajarish shartlari va muddatlari ko‘rsatilishi shart.
Mediativ kelishuv taraflar tomonidan imzolanadi va mediator tomonidan tasdiqlanadi.
Qonunchilikka zid yoki mediatsiyada ishtirok etmayotgan uchinchi shaxslar huquqlari va qonuniy manfaatlariga yoxud jamoat manfaatlariga daxl qiladigan shartlarni mediativ kelishuvga kiritish mumkin emas.
Mediativ kelishuv uni tuzgan taraflar uchun majburiy kuchga ega.
Agar kelishuv ixtiyoriy bajarilmasa, taraflar uni majburiy ijroga qaratishni so‘rab sudga murojaat qilishga haqli.
Mediatorning faoliyati haq evaziga yoki tekin amalga oshirilishi mumkin.
Agar taraflar boshqacha kelishmagan bo‘lsa, mediatorga haq to‘lash va uning mediatsiya bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash taraflar tomonidan teng ulushlarda amalga oshiriladi.
Mediator mediatsiyani amalga oshirishni rad etsa, taraflar unga to‘lagan pul mablag‘larini qaytarishi shart.