Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 12991 marta o'qildi

Mediatsiya qachon qo‘llanilishi mumkin?

Mediatsiya taraflarning xohish-istagi asosida qo‘llaniladi.

U:

  • suddan tashqari tartibda;
  • nizoni sudda ko‘rish jarayonida — sud hujjatini qabul qilish uchun sud maslahatxonaga kirguniga qadar;
  • sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish jarayonida;
  • nizoni ko‘rib chiqishga vakolatli organda;
  • hakamlik sudida;
  • arbitrajda tegishli qaror qabul qilinguniga qadar qo‘llanilishi mumkin.

Mediatsiyada ishtirok etganlik fakti aybni tan olish dalili hisoblanmaydi.

Mediatsiya qachon boshlanadi?

Mediatsiya tartib-taomili taraflar mediatsiyani amalga oshirish to‘g‘risidagi kelishuvni tuzgan kundan boshlanadi.

Mediatsiya qancha davom etadi?

Muddat taraflarning kelishuvida belgilanadi.

Mediator va taraflar protsedurani 30 kundan ortiq bo‘lmagan muddatda tugallash uchun barcha mumkin bo‘lgan choralarni ko‘rishi kerak.

Zarur bo‘lsa, taraflarning o‘zaro roziligi bilan muddat yana 30 kungacha uzaytirilishi mumkin.

Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish jarayonida esa mediatsiya muddati ko‘pi bilan 15 kun bo‘ladi.

Eslatma: ijro jarayonidagi 15 kunlik muddatni uzaytirish nazarda tutilmagan.

Chat