Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 11688 marta o'qildi

Nizoni hakamlik sudida hal qilish bilan bog‘liq xarajatlar
  • hakamlik sudьyalarining gonorari;
  • hakamlik muhokamasini tashkiliy, moddiy jihatdan va boshqacha tarzda ta’minlash xarajatlari;
  • hakamlik sudьyalarining hakamlik muhokamasida ishtirok etishi bilan bog‘liq xarajatlari, shu jumladan nizoni ko‘rib chiqish joyiga borib kelish uchun to‘lanadigan yo‘l haqi xarajatlari;
  • hakamlik sudьyalarining yozma va ashyoviy dalillarni mazkur dalillar turgan joyda ko‘zdan kechirish hamda tekshirish bilan bog‘liq xarajatlari;
  • ekspertlar va tarjimonlarga to‘lanishi lozim bo‘lgan summalar;
  • guvohlar tomonidan sarflangan xarajatlar;
  • hakamlik sudining hal qiluv qarori taraflardan qaysi birining foydasiga chiqarilgan bo‘lsa, o‘sha taraf vakilining xizmatlari haqini to‘lash xarajatlari;
  • hakamlik sudi tomonidan belgilanadigan boshqa xarajatlar.

Hakamlik sudьyalari gonorarining miqdori

Hakamlik sudьyalari gonorarining miqdori da’voning bahosi, nizoning murakkabligi, hakamlik sudьyalari hakamlik muhokamasi uchun sarflagan vaqt va gonorar miqdoriga ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa holatlar hisobga olingan holda belgilanadi.

Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudida hakamlik sudьyalari gonorarining miqdori hakamlik sudining qoidalarida nazarda tutilgan hakamlik sudьyalari gonorarlari shkalasiga muvofiq, bunday shkala bo‘lmagan taqdirda esa, da’voning bahosi, nizoning murakkabligi talablari hisobga olingan holda belgilanadi.

Muvaqqat hakamlik sudida hakamlik sudьyalari gonorarining miqdori hakamlik muhokamasi taraflari kelishuvi bo‘yicha va da’voning bahosi, nizoning murakkabligi hisobga olingan holda hakamlik sudi tomonidan belgilanadi.

Nizoni hakamlik sudida hal qilish bilan bog‘liq xarajatlarni taqsimlash

Nizoni hakamlik sudida hal qilish bilan bog‘liq xarajatlarni hakamlik muhokamasi taraflari o‘rtasida taqsimlash hakamlik sudi tomonidan hakamlik muhokamasi taraflarining kelishuviga muvofiq, bunday kelishuv bo‘lmagan taqdirda esa, qanoatlantirilgan va rad etilgan talablarga mutanosib ravishda amalga oshiriladi.

Hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi birining foydasiga chiqarilgan bo‘lsa, o‘sha tarafning vakili xizmatlariga haq to‘lash bo‘yicha xarajatlar, shuningdek nizoni hakamlik sudida hal qilish bilan bog‘liq boshqa xarajatlar, agar qilingan xarajatlarni qoplash haqidagi talab hakamlik muhokamasi paytida bildirilgan va hakamlik sudi tomonidan qanoatlantirilgan bo‘lsa, hakamlik sudining hal qiluv qaroriga muvofiq hakamlik muhokamasining boshqa tarafiga yuklanishi mumkin.

Nizoni hakamlik sudida hal qilish bilan bog‘liq xarajatlarning taqsimlanishi hakamlik sudining hal qiluv qarorida yoki ajrimida ko‘rsatiladi.

Nizoni hakamlik sudida hal qilish bilan bog‘liq xarajatlarni bo‘nak tarzida qoplash

Hakamlik sudi nizo ko‘rib chiqilguniga qadar xarajatlarni qoplash uchun muayyan summani bo‘nak sifatida kiritishni da’vogardan talab qilishga haqli.

Agar bu to‘lov da’vo arizasi berilgan kundan e’tiboran 10 kun ichida amalga oshirilmasa, hakamlik sudi da’voni ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risida ajrim chiqarishi mumkin.

Chat