Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 17081 marta o'qildi

Kelishuv bitimini tasdiqlash

Kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risidagi masala sud majlisida taraflar ishtirok etgan holda ko‘riladi, bunday kelishuv notarius tomonidan tasdiqlangan hollar bundan mustasno. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud majlisining vaqti va joyi haqida xabardor qilinadi.

Kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risida ajrim chiqariladi, unda ish yuritish tugatilganligi ko‘rsatiladi.

Kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi mumkin.

Kelishuv bitimini tasdiqlash oqibatlari

Kelishuv bitimi apellyatsiya yoki kassatsiya instantsiyasi sudi tomonidan tasdiqlangan taqdirda, ish bo‘yicha ilgari qabul qilingan sud hujjatlari bekor qilinishi to‘g‘risida ajrim yoki qaror chiqariladi va ish yuritish tugatiladi.

Kelishuv bitimi sud hujjatini ijro etish bosqichida tuzilgan taqdirda, bitim ishni ko‘rgan birinchi instantsiya sudiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi.

Sud hujjatini ijro etish bosqichida tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlash masalasi kelishuv bitimi sudga taqdim etilgan kundan e’tiboran 10 kunlik muddatda (iqtisodiy sudlarga taalluqli masalalarda 15 kunlik muddat) belgilangan tartiblarda ko‘rib chiqiladi.

Sud hujjatini ijro etish bosqichida tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risidagi ajrimda kelishuv bitimining shartlari va kelishuv bitimini tasdiqlash haqidagi xulosa bo‘lishi kerak.

Sud tomonidan kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etish
  • qonun hujjatlariga zid bo‘lsa;
  • uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lsa.

Kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqariladi, ajrim ustidan shikoyat qilinishi mumkin.

Kelishuv bitimini ijro qilish

Kelishuv bitimini tuzgan shaxslar belgilangan tartibda va muddatlarda ixtiyoriy ravishda ijro etadi.

Sud tomonidan tasdiqlangan kelishuv bitimi ixtiyoriy ravishda ijro etilmagan taqdirda, u kelishuv bitimini tuzgan shaxsning iltimosnomasiga, sud xarajatlarini undirishga taalluqli qismi bo‘yicha sudning tashabbusiga ko‘ra sud tomonidan beriladigan ijro varaqasi asosida, majburiy ijro etilishi lozim.

Chat